5. Qisqa xulosalar. Qisqacha xulosa qilib aytganda, Respublikamiz mustahillik yillarida buxgalteriya hisobini isloh qilishda jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish asosida mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirildi. SHu yillar mobaynida bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriyan hisobining nazariy asoslari mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda har tomonlama rivojlantirildi.
Buxgalteriya hisobi faoliyat ko‘rsatayotgan subektning mulki, majburiyatlari, xo‘jalik operatsiyalari va ularning harakatini yoppasiga hamda uzluksiz hujjatlashtirish yo‘li bilan tartibli yig‘ish, nazorat qilish, o‘lchash, ro‘yxatga olish, pul o‘lchovida ishlov berish tizimidir.
Buxgalteriya hisobining predmeti esa, ishlab chiqarish jarayonida korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘ holati hamda ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirishdan Iboratdir.
I. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni (yangi tahriri). 2016 yil 13 aprel
2.“Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 iyundagi farmoni.