Mustaqil ishi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə2/6
tarix01.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#107318
1   2   3   4   5   6
Dunyo shaxarlarda zamonaviy parking tizimlari

1 –rasm. Aqsh 1923 –yil.



2 –rasm. Aqsh 1925 –yil.

Rotorli avtoturargoh shaharning markaziy ko’chalarining birida joylashgan edi va o’sha vaqtlar uchun g’aroyib ko’rinar edi. Ushbu avtoturargoh Chikagoda 13 bo’lishi kerak bo’lgan xalqaro ko’rgazma uchun bunyod etilgan edi. Ushbu xalqaro ko’rgazmaning shiori “Rivojlanish asri”. Shu davrdan boshlab bunday ko’rinishdagi avtoturargohlar butun dunyo bo’ylab ommalashdi, (3 –rasm.)



3 –rasm. Chikago 1955 –yil.

yildan - yilga ushbu tizim rivojlanib bordi. 30-yillarning 2-yarmidan boshlab ko`pgina binolar avtomobillarni saqlash tizimlari bilan jihozlangan, ayniqsa bunday tizim ko`p qavatli turar joy binolarida hamda yirik ofis markazlarida ommalashgan edi. Rivojlanish bir joyda to`xtab turmadi va 1955 - yilda konteynerlarni saralash mexanizmi patentiga ega Charlis. A. Bertel, o`z mexanizmini yo`nalishini o`zgartirdi va konteynerlarni ichiga avtomobillarni joylashtirdi.

O`sha vaqtlardagi avtomatlashtirilgan avtoturargohlar mukammallikdan ancha yiroq edi. Ko`pgina avtomatlashgan avtoturargohlarda avtomobillarni yo`naltirib turuvchi ishchilar bo`lib, bu davrda bir-biriga o`zaro bog`liq bo`lgan avtoturargohlar qo`llanilar edi, bu esa yuqoridagi avtomobilni tushirish uchun pastdagi avtomobillarni olib turish lozim bo`lgan vaziyatni yuzaga keltirar edi. Bu narsa umumiy inshootning balandligini chegaralar va sezilarli darajada avtomobil chiqishi uchun ko`p vaqt sarflanardi, ba`zilarini kutish vaqti 5 daqiqadan ham oshib ketishi kuzatilardi. Gavjum holatlarda shunday avtoturargohlar oldida avtomobil tirbandliklari hosil bo`lgan. Qurilish ashyolari va avtomatlashtirishni yetarli darajada rivojlanmaganligi sababli, avtoturargoh tizimlarining juda cheklangan turlaridan foydalanish mumkin bo`lgan Bertel tizimi qo`llanilgan avtoturargohlar bir necha martta omadsizlikka uchragan, bu esa ushbu tizimning qo`llanilishiga to`sqinlik qilgan. Lekin g`oya saqlanib qoldi va avtorurargohlar texnologiyasining keyingi bosqichida amalga oshirildi.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin