4 –rasm. Karbit –End –Karbon inshooti.
L oyihani amalga oshirishda nafaqat ko`rinishi va imkoniyatlari bo`yicha hashamatli inshoot yaratishga erishildi. Bu avtoturargoh 2010 –yilda qurilgan 19 bo`lib maydoni 32400 m2 tashkil qiladi. Bu inshoot ko`p funksiyali bo`lib ofislar, savdo kompleksi, ko`rgazma paviloni va avtomobil saqlash joyi joylashtirilgan, qisqa qilib aytganda inshootda aholi talablarini qondirish uchun hamma sharoit yaratilgan. Bu inshootning birgina kamchiligi uning sanoat rayonida joylashganligidir. Bu muammoni yechish uchun arxitektorlar ekologik loyihalash tamoyillarini qo`llashdi va asosiy e`tiborni osmono`par inshootni ko`kalamzorlashtirishga qaratishdi. Inshootning pastki qismi avtomobillar uchun turargohdan iborat bo`lgani sababli aynan shu qismi ko`kalamzorlashtirildi. Avtoturargoh go`yoki o`simliklar bilan burkangan, bu bir tomondan mikro iqlimni yaratsa, boshqa tomondan esa mikrarayon ekologiyasiga o`z hissasini qo`shadi. O`simliklar havoni filtirlaydi va shu tufayli atmosfera chiqadigan zararli gazlardan himoya qilishga yordam beradi. Loyiha yaratuvchilari bu inshootni sayyohlarni jalb etish uchun ham barpo etishgan. 5 –rasm.
Dostları ilə paylaş: |