Mustaqil ishi


–rasm. Gongkong (Xitoy) dagi 28 qavatli Kowloon Bay avtoturargohi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə5/6
tarix01.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#107318
1   2   3   4   5   6
Dunyo shaxarlarda zamonaviy parking tizimlari

5 –rasm. Gongkong (Xitoy) dagi 28 qavatli Kowloon Bay avtoturargohi.

Yana bir yirik avtoturargoh Gongkongdagi Car Park Tower deb nomlangan avtoturargohi loyihasi Mozhao Studio arxitektorlari tomonidan 20 loyihalangan. Binoning noan`anaviyligi shundaki inshoot spiralsimon tuzilishga ega. 6 – rasm. Bu inshoot turli xil maqsadli vazifalarni bajaradi. Masalan, dam olish kunlari binoning birinchi sathi vaqtinchalik bozor sharoitida funksiya yuritadi. Avtoturargohning funksional tuzilmasiga kelsak, avtomobillar yuqorida joylashgan o`z o`rinlariga spiral pandus orqali ko`tarib olib borib qo`yiladi, pandus ko`targichlar va hatto maxsus releslarga ham ega.




6 – rasm Gongkongdagi Car Park Tower avtoturargohi.

Yaqinda Mayamida avtomobillar uchun navbatdagi yangi avtoturargoh paydo bo`ldi, lekin uni odatdagidek oddiy qilib nomlashning hech ham ilojisi 21 yo`q. Herzog & de Meuron byurosidan noodatiy avtoturargoh uning yonidan o`tib boruvchilar uchun ham, avtomobil egalari uchun ham qiziqarli va shinam qulay qilib qurildi. Binodagi 1111 Lincoln Road 300ta avtomobilni sig`diradigan o`rinlar joylashgan. Uning birinchi qavatida 11 ta supermarket va 3 ta restoran joylashgan. Supermarket 5 –qavatda ham bor chordoqda esa yana bitta restoran joylashtirilgan. 7 –rasm.



Shuningdek Mayamida yaqin kelajakda avtoturargohli turar –joyga ega bo`lgan ko`p qavatli bino qurilishi rejalshtirilgan. U 36 qavatdan iborat bo`lib, binoga “Porshi minorasi” deb nom berish hokimiyat tomonidan maqullangan. Mazkur bino “Dezer Propertiesr va Porsche Design Group. qo`shma kompaniyalarining loyihasi asosida quriladi. Mazkur turar –joy majmuasi yaqin ikki yil ichida Atlantika okeani sohilining birinchi chizig`ida quriladi. Binoda 350 dan 880 m2 gacha bo`lgan 132 ta yuqori darajali mehmonxona joylashtiriladi. Turar –joylarning narxi 9 milion dollarni .tashkil etadi.

Porshi minorasi o`ziga xos jihati shundaki uning har bir turar –joyi o`z avtoturargohiga ega bo`ladi. Mehmonxonalarda yashovchilar o`z avtomobillaridan tushmasdan uch oynali lift yordamida o`z xonalariga olib borib qo`yiladi. 8 –rasm.

Shaxsiy transportini o`z turar –joyiga joylashtirish g`oyasi o`zining ijobiy tomonlariga ega. O`tgan yili nemis arxitektorlari yirik shaharlarda avtomobil saqlash joylariga doir muammoni yechimini kutilmagan usulini taklif etishdi. Ularning loyihasiga ko`ra, mashinani o`z kvartirasining balkoniga joylashtirishi mumkin. Hozirda bu g`oya Yevropada o`z tarafdorlarini topmadi. Aqshda esa shunga o`xshash loyiha yaratildi. Nyu – Yorkdagi ko`p qavatli uyda balkoni avtobil turar joyiga aylantirildi. Jahonning hamma yirik shaharlarida avtoturargoh uchun joy tanqislashib bormoqda. Masalan Moskvada avtoturargohni narxi eng yaxshi rayondagi kvartira narxi bilan teng. Yevropa megapolislarida shahar markaziga kirish chegaralangan. Ko`chada avtomobilini qarovsiz qoldirsa jarimaga tortiladi. Nemis arxitektorlari avtoturargoh muammosini yechish usulini ko`radigan bo`lsak, uy loyihasi tuzildi unga ko`ra avtomobilni tirar –joy balkonga 23 joylashtirish mumkin. Balkon mashinani sig`dirish uchun, uning o`lchamlari 4x7 metrda bo`lishi lozim. Shunday ekan avtomobil qanday qilib balkonga kiritiladi? Bunday uyda liftning o`lchamlari 2.8x6 m ni tashkil etadi. Lift istalgan seriyali yengil avtomobillarni ko`tarishga mo`ljallangan. Bularning hammasining asosiy bosh maqsadi bu qulaylik va xavfsizlikdir. Turar –joy egalari avtoturargohlari bilan birga o`z mehmonxonalariga mashinalari bilan kirishi mumkin bo`ladi. Shahar uchun odatiy bo`lib qolgan yer osti avtoturargohi o`rniga liftlar bilan jihozlangan avtoturargohlar ancha qulaydir. Avtoturargoh muammolarini yechishga oid qiziqarli g`oyalar bizda ham va yaqin xorijda ham bor.




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin