Mustaqil ishi



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə3/3
tarix31.12.2021
ölçüsü0,81 Mb.
#113030
1   2   3
Reja Vaqt o‘lchovi Mahalliy vaqt

M intaqa vaqti - vaqtni hisoblash sistemalaridan biri. Mintaqa vaqtiga Yer yuzasining har biri oʻrtacha 15° dan qilib meridian yoʻnalishidagi 24 ta mintaqaga ajratish asos qilib olingan. Mintaqalar tartib soni Grinvich meridiani oʻrta meridian boʻlgan mintaqadan boshlab sharqqa tomon 0 dan 24 gacha hisoblanadi. Bir mintaqa doirasidagi hamma joyda bir vaqtda soat bir xil hisoblanadi. Mintaqa vaqti deb shu mintaqaning oʻrta meridiandagi oʻrtacha Quyosh vaqti qabul qilingan. Xoʻjalik va boshqa amaliy ishlarda qiyinchilik tugʻilmasligi uchun Mintaqa vaqti chegaralari qatʼiy meridian boʻylab emas, baʼzan siyosiy va maʼmuriy chegaralar, daryolar va h.k. boʻylab oʻtkaziladi. Mintaqa vaqti dastlab 1883 yil AQShda joriy qilingan. Oʻzbekistonda esa unga 1919 yildan amal qilinadi. Mustaqillikka erishgandan keyin respublikaning butun hududi bir mintaqa — 4mintaqa deb qabul qilindi.

Har bir mintaqa vaqti qo‘shni mintaqa vaqtidan bir soatga farq qiladi. O‘rta Osiyo ikkita soat mintaqasida joylashgan (IV va V soat mintaqalarida). Yangi sutkaning boshlanishi XII soat mintaqasi o‘rtasidagi 180° uzunlikdan boshlanadi, deb qabul qilingan. Bu chegara sana o‘zgarishi chizig‘i deb ataladi. Har bir yangi sutka ana shu chiziqdan boshlanadi. Bu chiziq ikki orol yoki ikki shahar oralig‘idan o‘tganda, bu orollar va shaharlarning g‘arbdagisida yangi sana bo‘lsa, sharqdagisida kechagi sana bo‘ladi.

O‘zbekistonning butun hududida bir xil – IV mintaqa vaqti qabul qilingan.

Тaqvim (kalendar). Aziz o‘quvchi, siz „Bugun oyning nechanchi kuni?", „Bugun qaysi kun?" degan savollarni ko‘p eshitgansiz. Biror voqea yoki hodisa qachon ro‘y bergani haqida odamlar so‘zlashib qolishadi. Xo‘sh, yil, oy, kunlar hisobining o‘zi nima? Insonlar shunday hisob yuritish uchun taqvim tizimini o‘ylab topishgan.

Тaqvim deb uzoq vaqt hisoblab boriladigan sana tizimiga aytiladi.

Тaqvimlar Yer, Quyosh va Oy harakatlari bilan bog‘langan. Hozirgi vaqtda butun dunyoda rasmiy taqvim deb Grigoriy taqvimi qabul qilingan. Bu taqvim 12 oydan iborat: yanvar — 31 kun, fevral — 28 kun, mart —31 kun, aprel —30 kun, may — 31 kun, sentabr — 30 kun, oktabr — 31 kun, noyabr— 30 kun, dekabr — 31 kun. Yangi yil 1- yanvardan boshlanadi. Fevral kabisa yilida 29 kun bo‘ladi. Quyoshning yillik ko‘rinma harakati bilan bog‘liq bo‘lgan quyosh (shamsiya) taqvimi, Oyning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan oy (qamariya) taqvimi mavjud. Hijriy-shamsiy yil 21- martdan boshlanadi. Hijriy-shamsiy yilda quyidagi oylar bor: hamal — 30 kun, savr — 31 kun, javzo — 31 kun, saraton — 31 kun, asad —31 kun, sunbula— 30 kun, mezon — 29 kun, aqrab — 29 kun, qavs — 30 kun, jadiy — 31 kun, dalv — 31 kun, hut —31 kun bo‘ladi. Shamsiya taqvimida ham har 4 yilda 1 yil kabisa yili hisoblanadi. Bu taqvim payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning Makkadan Madinaga ko‘chgan, ya’ni hijr qilgan vaqtdan (milodiy 622- yildan) boshlangan. Shu sababli hijriy deyiladi.

Xalqi musulmon diniga e’tiqod qiluvchi mamlakatlarda diniy marosimlar hijriy-qamariy (oy) taqvimi asosida olib boriladi. Bu taqvim Oyning yillik ko‘rinma harakatiga asoslangan bo‘lib, bir yil 354 kunga teng. Hijriy-qamariy taqvimida quyidagi oylar bor: muharram — 30 kun, safar — 29 kun, rabbiulavval – 30 kun, rabbiulsoniy — 29 kun, jumodilavval — 30 kun, jumodiloxir — 29 kun, rajab — 30 kun, sha’bon — 29 kun, ramazon — 30 kun, shavvol — 29 kun, zulqa’da — 30 kun, zulhijja — 29 kun. Kabisa yilida zulhijja 30 kun hisoblanadi. Bu yil hisobi ham milodiy 622-yildan boshlangan.

Foydalanilgan internet saytlari

www.wikipedia.ru



www.geografiya.uz
Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin