Mustaqil ishi



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə2/3
tarix31.12.2021
ölçüsü0,81 Mb.
#113030
1   2   3
Reja Vaqt o‘lchovi Mahalliy vaqt

M ahalliy vaqt. Yer yuzidagi biror nuqta uchun belgilangan vaqt, oʻrtacha Quyosh yoki yulduz vaqti. Mahalliy vaqt joyning geografik uzunligiga bogʻliq,. Geografik uzunlik sharqqa 15° ortganda Mahalliy vaqt 1 soatga ortadi, lekin bitta meridianda joylashgan barcha nuqtalarning Mahalliy vaqt deyarli bir xil. Katta shaharlarning sharqiy va gʻarbiy qismlaridagi Mahalliy vaqt birbiridan bir necha sekundga farq qiladi. Bu noqulaylikdan qutulish uchun barcha mamlakatlarda mintaqa vaqti qabul qilingan. Shu maqsadda Yer sharining butun yuzasi meridianlar bilan 24 mintaqaga boʻlingan. Har bir mintaqa ichidagi vaqt bir-biridan 1 soatcha farq qiladi. Nolinchi deb ataladigan boshlangʻich mintaqaning oʻrtasidagi meridian London yaqinidagi Grinvich rasadxonasidan oʻtadi. Grinvich Mahalliy vaqt Toshkent vaqtidan 5 soatga farq qiladi Yer o‘z o‘qi atrofida g‘arbdan sharqqa qarab bir kecha-kunduzda bir marta aylanib chiqadi. Globusda bosh meridiandan boshlab har 15° dan meridianlar o‘tkazilsa, har bir meridian qo‘shni meridiandan bir soat farq qiladi. Bosh meridianda tush payti bo‘lganda, 180° meridianda yarim kecha, bosh meridiandan sharqdagi 90° uzunlikda kechqurun, g‘arbdagi 90° uzunlikda ertalab bo‘ladi. Shimoliy qutbdan Janubiy qutbgacha bitta meridianda joylashgan nuqtalarda vaqt bir xil bo‘ladi, ya’ni bitta meridianning hamma joyida vaqt bir xildir. Bu vaqt mahalliy vaqt deb ataladi. Ammo turli uzunliklarda joylashgan nuqtalar vaqti bir-biridan farq qiladi, bu esa xo‘jalik yuritishda noqulaylik keltirib chiqaradi. Shuning uchun soat mintaqalarining vaqt hisobi joriy qilingan.

Mintaqa vaqti. Xalqaro kelishuvga ko‘ra, Yer yuzasi shartli ravishda 24 soat mintaqasiga bo‘lingan (360° : 24 = 15°). Mintaqaning hamma joyida shu mintaqaning o‘rta qismidan o‘tgan meridianning mahalliy vaqti qabul qilingan. Bir soat mintaqasidagi vaqt mintaqa vaqti deb ataladi. O‘rtasidan bosh meridian o‘tadigan soat mintaqasi nolinchi (yigirma to‘rtinchi) mintaqa deb qabul qilingan. Mintaqalar hisobi ana shu meridiandan boshlanadi. Nolinchi mintaqadan sharqda 7°30′ shq. u. bilan 22°30′ shq. u. dagi meridianlar orasi birinchi mintaqa, 22°30′ va 37°30′ uzunlikdagi meridianlar orasi ikkinchi mintaqa bo‘ladi va h.k.




Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin