Kimyo fanidan mustaqil ishning shakli va hajmini belgilashda talaba tomonidan quyidagi jihatlarni e’tiborga olinishi lozim:
• Kimyo fanining o‘ziga xos xususiyati va o‘zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi;
• nazariy va amaliy tayyorlanish darajasi (mavzuni tayanch ma`lumotlar asosida yoritilganligi);
• materialning axborot manbalaridan foydalanib tayyorlanganligi (axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi);
• axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi.
Namuna: (Slaydlarni tayyorlashda quyidagi ketma-ketlikga e`tibor qaratiladi)
Mavzu bo‘yicha matnni quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:
Mavzu:______________________________________________________
Reja:
1.Kirish
2.Asosiy qism
2.1.
2.2.
2.3.
3.Xulosa
4.Taklif
Taqdimotni tayyorlash vaqtida matnni hamda har bir bandni slaydlar asosida yoritiladi (xulosa va taklif ham albatta beriladi), unda quyidagilar inobatga olinadi:
- mavzu bo‘yicha rejaning asosiy mazmuni yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan ma’lumotlar albatta ifodalanadi;
- mavzuga tegishli tayanch atama va iboralar keltiriladi;
- olingan bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun nazorat savollari keltiriladi;
- foydalanadigan asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari ko’rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: |