Mustaqil O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4966-son Farmonining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Belgilansinki, Kengash raisi, rais o‘rinbosari, Kengash a’zolari va kotibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5060-son Farmonining muqaddimasidagi “93” raqami “109” raqami bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5268-son Farmoni muqaddimasining sakkizinchi xatboshisidagi “83” raqami “98” raqami bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi PF-5439-son Farmonining muqaddimasidagi “93” raqami “109” raqami bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5723-son Farmoni 2-bandining “a” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“insonning munosib turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi hamda minimal iste’mol xarajatlari qiymatidan kam bo‘lishi mumkin emas”;
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-noyabrdagi “Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5876-son Farmonida:
6-bandning uchinchi xatboshisidagi “shaxsiy va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
1-ilova 2-bandining uchinchi xatboshisidagi va 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “shaxsiy va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-son Farmoni 1-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadigan direktor tomonidan boshqariladi”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi “Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6127-son Farmonining 4-bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PF-6255-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2021 — 2026-yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasida:
a) muqaddimaning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, xavfsizlikning bo‘linmasligi, o‘z xavfsizligini boshqa davlatlar xavfsizligi hisobiga mustahkamlashga yo‘l qo‘yilmasligi, xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa prinsiplari va normalariga asoslanadi”;
b) 1-bob 2-paragrafining to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar” deb kafolatlangan.
Shu bilan birga, Konstitutsiyada “inson o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart” deb ta’kidlangan”.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-21-son Farmoni 7-bandining to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari tayanch punkti to‘g‘risidagi nizomning 22-bandi birinchi va oltinchi xatboshilaridagi “(oqsoqollari)” so‘zi chiqarib tashlansin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4126-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi, uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha tegishli ravishda vazir va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi”.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-apreldagi PQ-5089-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.