15-mavzu. Ijtimoiy institutlar va xodimlarni ijtimoiy muxofaza qilish mexanizmi.
Har qanday davlatda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishni amalga oshirish bilan shug‘ullanadigan ijtimoiy institutlarning butun bir tizimi mavjuddir. Ijtimoiy institut - odamlarning birgalikdagi faoliyatini tashkiliy tuzilma tarzida tashkil etishning barqaror shakli yoki normativ jihatdan tartibga solinadigan qoidalar tizimidan iboratdir. Mazkur tartib doirasida tegishli institutlarning faoliyati bilan qamrab olingan odamlarning ijtimoiy vazifalari va maqomlarini taqsimlash ro‘y beradi. Bu sanab o‘tilgan institutlardan ayrim turlarini (toifalarini) ayrim sotsiologlar ijtimoiy-tashkiliy institutlar deb, qolganlarini ijtimoiy-normativ institutlar deb ataydilar. Eng muhim va eng qudratli ijtimoiy-tashkiliy institut - bu davlatdir. U murakkab institutsional tizimdan iborat bo‘lib, turli institutlardan tashkil topgan. Ijtimoiy himoya qilish vazifalarini bajarishda sug‘urta kompaniyalari, turli ixtisoslashtirilgan jamg‘armalar, hayriya tashkilotlari, shuningdek, ijtimoiy va siyosiy tashkilotlar singari institutlar muhim rol o‘ynaydilar. Ular o‘zlari vakil qilingan sohada ijtimoiy guruhlar va qatlamlarni ijtimoiy himoya qilishni amalga oshiradilar.Yollanib ishlaydigan xodimlarni himoya qilishi lozim bo‘lgan institutlar kasaba uyushmalaridir. Hozirgi vaqtda jiddiy ravishda yangilanish uchragan an’anaviy kasaba uyushmalari bilan bir qatorda ishchilarning yangi-yangi tashkilotlari, “mustaqil” kasaba uyushmalari ham paydo bo‘lgan. Biroq faqat ularni yollanma mehnat xodimlarining himoyachilari deb atab, an’anaviy kasaba uyushmalarini “rasmiy uyushmalar” deb hisoblash, ularni himoyachi sifatida chiqish huquqidan mahrum etish adolatsizlikdir. O‘zgargan kasaba uyushmalari haqli ravishda mustaqil kasaba uyushmalari bo‘lib qoldilar, chunki ular yollanma mehnat xodimlarining vakillari sifatida maydonga chiqadilar va davlat tuzilmalariga bog‘liq bo‘lmaydilar. Ham “mustaqil”, ham mustaqil bo‘lmagan kasaba uyushmalarining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazkur darajasidagi asosiy faoliyati mehnatkashlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun o‘z faoliyatlarida ijtimoiy sheriklik shakllari hamda mexanizmlaridan foydalanish sohasiga o‘tdilar. Mazkur mexanizm demokratiya rivojlangan mamlakatlarda yaxshi ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘zini ijobiy tomondan namoyish etdi. Bu mexanizmning mohiyati qarama-qarshilik emas, balki ish beruvchilar vakillari bilan davlat o‘rtasida muzokaralar o‘tkazishdan, shu asosda murosa-madoraga kelis h hamda ma’lum darajada maqbul qarorlar ishlab chiqishdan iborat.Jamiyatdagi ijtimoiy-tashkiliy institutlar bilan bir qatorda ko‘pgina ijtimoiy-normativ institutlar ham borki, ular biron-bir tashkilotda namoyon bo‘lmasdan, balki o‘zlaricha mavjud bo‘lib, faoliyat ko‘rsatadilar hamda ijtimoiy himoya qilishda muayyan rol o‘ynaydilar. Huquqning har bir sohasi ana shunday ijtimoiy-normativ institutlar tizimidan iborat (mehnat huquqi, mehnat qonunlari). Yollanma xodimlarni ijtimoiy himoya qilish tizimidagi muhim ijtimoiy-normativ institut hozirgi vaqtdagi ta’rif bitimlari, kontraktlar, jamoa shartnomalari va hokazolardir.O‘zining faoliyati bilan butun korxona jamoasini qamrab oladigan va buning uchun zarur huquqlari va imkoniyatlarga ega bo‘lgan asosiy ijtimoiy himoya qilish instituti – bu, kasaba uyushmasi tashkilotidir. Bozor sharoitida bu tashkilotning himoya qilish rolini oshirish ayniqsa zarur. Korxona bankrot yoki yopilgan taqdirda yohud o‘z ixtisosini o‘zgartirgan sharoitda xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash ayniqsa muhimdir. Bozor sharoitida korxona normal ishlab turganda ham kasaba uyushmalari tashkilotlarining ijtimoiy himoya qilish vazifasini keskin oshirish talab qilinadi.Korxonada xodimlarni ijtimoiy himoya qilishning aniq omili va vositasi jamoa shartnomasidir. Bu shartnomaning mohiyati hozirgi vaqtda keskin ravishda o‘zgarib ketdi, chunki yollanma xodimlarga ijtimoiy himoyalanishning pishiq-puxta huquqiy bazasi zarur bo‘ladi.Korxonalarimiz va turli-tuman tashkilotlarimiz hayotiga tobora kengroq kirib borayotgan va muayyan sharoitda ijtimoiy himoya vositasi sifatida maydonga chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa muhim ijtimoiy-normativ institut mehnat kontraktidir. Uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va shak-shubhasiz ijtimoiy himoya qilish instituti deb qabul qilib bo‘lmaydi, lekin korxonadagi (mehnat tashkilotidagi) kontrakt tizimi xodimlar huquqini ta’minlaydigan maxsus tizim sifatida qaraladigan, agar kontraktda ijtimoiy-iqtisodiy kafolatlar berilishi qayd etib o‘tilgan bo‘lsa, u aynan ijtimoiy himoya qilish instituti sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.Yuqorida sanab o‘tilgan ijtimoiy institutlar ma’lum darajada ijtimoiy himoya qilish mexanizmiga kiritilgan.