Korxonada qo‘llanilayotgan mukofotlash tizimining tahlili va uni takomillashtirish
40-bet
19.
Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda yoshlarni ish bilan ta’minlashning iqtisodiy mexanizmi
42-bet
20.
Xorijda ish xaqini tashkil etish
44-bet
21.
Xalqaro mehnat tashkilotining faoliyatini tashkil etilishi
47-bet
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
50-bet
MUNDARIJA 1-mavzu. Mamlakatni jadal isloh etish va modernizatsiyalash sharoitida mehnatni tashkil etishni takomillashtirish muammolari. Ma’lumki, mehnatni tashkil etish («tashkilot») tushunchasining kelib chiqishi lotincha “organizo”dan olinib, shaklni ma’lum qilaman degan so‘zlar bilan bog‘liqdir. Bu bilan tashkil etish, ayni vaqtda o‘zida funksional va nazariy jihatlardan muayyan maqsadga erishish yoki muayyan vazifani tashkil qilish tizimni yaratish va takomillashtirish sohasida ongli faoliyatning jarayoni va natijasidir. Inson faoliyatining barcha sohalarida tashkil etishning roli ana shundan iborat bo‘lib, bu hol tashkil etishga tadqiqot va ishlanmalar predmeti sifatida e’tiborni jalb etadi. Tashkil etish nazariyasi va amaliyotini mammolarni ishlab chiqishning ilmiy yo‘nalishlari orasida prakseologiya (yunoncha amaliyot yoki harakat va o‘rganish, ma’nolarini anglatuvchi so‘zlardan) samarali amaliy faoliyat tamoiyillari va usullari haqidagi fan muhim o‘rin egallaydi. «Tashkil etish» tushunchasi uni tadbiq etish obyektiga ko‘ra aniqlanadi. Odatda mehnatni ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish bir-biridan farqlashni taqozo etiladi. Bunda ko‘p hollarda mehnatni tashkil etish mehnat jarayonining, ishlab chiqarishni tashkil etishning o‘zi esa, boshqarishning funkiyasi deb tushuniladi. Bu tushunchalarni farqlash korxonalarda mutaxasislar tayyorlash sohasida qaror topgan amaliyot va tegishli xizmatlarni ajratish bilan bog‘liqdir. Amaliyotda esa mehnatni tashkil etish bilan birgalikda olib borilgan taqdirdagina mehnat samarali bo‘lishi mumkin. Asosiy e’tiborni odamlarga qaratish korxona manfaatlarini kamsitish deb tushunilmaydi, chunki faqat odmlargina korxona muvaffaqiyatini ta’minlay oladilar. Buni uchun ular barcha kerakli narsalar bilan ta’min etilgan bo‘lishlari lozim. Shunday qilib, umumiy kategoriya tushunchasi sifatidagi tashkil etishni mehnat, shlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishga ajratishga an’anviy yondashuv eskirib qolgan bo‘lib, tushunchalarning real mazmuni va mohiyati haqidagi hozirgi tassavvurlarga to‘g‘ri kelmaydi. Bu tushunchalar mehnat faoliyatiga (shu jumladan ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyatiga) ma’lum darajada taalluqli bo‘lganligi sababli, bu yerda gap aynan mehnat faoliyatini tashkil etish haqida, aniqrog‘i, inson ijodkorligining alohida turi bo‘lgan tashkilotchilik faoliyati haqida, bu ijodkorlik natijasi, inson faoliyatining (shu jumladan, tashkilotchilik faoliyatlaridagi) innovatsiya, ta’minot, ishlab chiqarish, boshqarish, 13 tijorat, xo‘jalik, iqtisodiy, ijtimoiy, axbrot tizimlari va boshqa tizimlar haqida borishi mumkin. «Mehnatni tashkil etish» atamasidan ayrim korxonaga tatbiqan foydalanilganda uni keng va tor ma’noda talqin etish mumkin. Keng ma’noda mehnat, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish bilan bog‘liq masalalarning barchasini anglatadi. Mazkur tushunchani shunday talqin qilish tarafdorlari korxonada mehnat faoliyatini tashkil etishga uni yaxlit bir butun deb yondashadilar. Boshqa mualliflarning fikricha, «mehnatni tashkil etish» tushunchasining mazmunini bunday anglash tegishli hodisaning ijtimoiy ahamiyati nuqtai nazaridan to‘g‘ri bo‘lsa-da, korxonalarda ishlab chiqarish jarayonida jonli mehnatning mavjudligi uchun uni to‘liq va atroflicha o‘rganishni qiyinlashtiradi. Tor ma’noda mehnatni tashkil etish deganda jonli mehnatni tashkil etish, mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalash, ish joylarini tashkil etish, mehnat usullari, sharoitlari va dam olish tartiblarini oqilonalashtirish, mehnatni me’yorlash, xodimlarni tayyorlash va malakalarini oshirish, moddiy pag‘batlantirish, mehnat intizomini mustahkamlash kabi bir qator amaliy tadbirlar majmuasi tushuniladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, samarali mehnat faoliyatini tashkil etish (mehnat predmeti va vositalarining mavjudligini taqazo etadi): mehnat sharoitlarini tashkil qilish (texnologik va ekologik omillarini taqozo etadi); mehnat munosabatlarini tashkil etish (xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni shakllantirishni talab etadi); mehnatga haq to‘lashni tashkil etish, mehnatni o‘lchash, normalash hamda mehnat sarfini uning sifatiga qarab baho berishni taqazo etadi. Bu muammolarning yechilishi mustaqil ahamiyatga ega bo‘lishdan tashqari, mehnat faoliyatini tashkil etishning ajralmas funksiyasi sifatida ham qaraladi. Ishlab chiqarish munosabatlarida mehnat faoliyatini tashkil qilish masalasi eng asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Ishlab chiqarish munosabatlarida ishchi kuchi va mehnat qurollari, mehnat predmetlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik yuzaga keladi. O‘zaro bog‘liqlik va ta’sir, mehnat faoliyatini qay holatda tashkil etilganligi natijasidir. Mehnat faoliyatini tashkil etish, bir tomondan uning asoslarini (huquqiy, ma’naviypsihologik, iqtisodiy, ijgimoiy) yuzaga kelishi, ikkinchi tomondan mehnat faoliyati mexanizmini shakllantirilishini taqozo etadi 14 Huquqiy asoslar — ishlab chiqarish munosabatlaridagi mehnat faoliyatini tashkil qilishga xizmat qiladigan huquqiy mezonlar (fuqarolik, ma’muriy, egalik huquqlari, korxona ishlab chiqarish bilan bog‘liq huquqiy hujjatlar). Ma’naviy-psihologik asoslar — bu mehnat faoliyatini tashkil qilishda ishlab chiqarish munosabatlarida tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va ularni shakllanish jarayoni bilan yuzaga keladi (bunda yollanma ishlovchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, rahbar yoki korxona egasi bilan yollanma ishlovchi o‘rtasidagi munosabat yoki jamoa o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar). Iqtisodiy asoslar esa, mehnat faoliyatini tashkil qilishning asosini tashkil etadi. Bunda mehnat faoliyatini tashkil qilish mezonlari, ya’ni shaxsning moddiy manfaatdorligi, bu yerda mehnat faoliyatidan qoniqish darajasi ko‘zda tutiladi. Ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarida, mehnat faoliyatining mazmuni — har bir shaxsning professional malaka darajasi, ishbilarmonlik va tadbirkorlik qobiliyati va boshqalar tashkil etadi.