Mustaqil ta’lim mavzulari


-mavzu.Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda yoshlarni ish bilan ta’minlashning iqtisodiy mexanizmi



Yüklə 103,85 Kb.
səhifə20/23
tarix19.11.2023
ölçüsü103,85 Kb.
#133221
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
mexnat iqtisodiyoti

19-mavzu.Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda yoshlarni ish bilan ta’minlashning iqtisodiy mexanizmi

- Iqtisodiy o‘sish deganda bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi.Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy salohiyatini baholash bo‘lsa, u holda YaIM hajmining o‘sish suratlaridan foydalaniladi.Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM esa aholining turmush darajasini baholashda qo‘llaniladi. Ushbu holatda YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati bilan aholi sonining o‘zgarish sur'ati hisobga olinadi.


Agar YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan yuqori bo‘lsa, aholining turmush farovonligi ortadi. Agar ushbu ko‘rsatkichlar bir xil bo‘lsa, aholining turmush darajasi o‘zgarmaydi. Mabodo, YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan ortda qolsa, aholi turmush darajasining pasayishi kuzatiladi.Bu o‘rinda iqtisodiy o‘sishga ta'sir qiluvchi ikki omilni keltirish kerak bo‘ladi. Ular: ekstensiv va intensiv omillar hisoblanadi.
Ekstensiv omil deganda ishlab chiqarishning eski shakli saqlab qolingan holda dehqonchilikda yer maydonini kengaytirish, sanoatda yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali erishilgan iqtisodiy o‘sish tushuniladi.
Iqtisodiy o‘sishning intensiv omiliga esa mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish vositalarini sifat jihatidan takomillashtirish, ya'ni ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, ishchilar malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish orqali erishiladi. Mazkur omil ishlab chiqarishning ichki resurslaridan unumli foydalangan holda, ortiqcha kuch, mablag‘ sarf­lamasdan mahsulot miqdorining o‘sishi va sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi.Mamlakatimizda yoshlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan bir qancha me’yoriy hujjatlar qabul qilingan, lekin ular mehnat bozorida yoshlarning ishsizlik holatiga yetarli ta’sir o‘tkaza olmadi. Eski usullar vositasida bandlikning bugungi og‘ir holatini bartaraf qilish imkoniyati cheklangan. Bunday holatda innovatsion yondashuv hayot talabiga aylanmoqda.“2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning 4.1-bandida mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to‘liq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish vazifasi belgilangan.
Yana bir muhim hujjat – Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 29-avgustda “2020-2021-yillarda iqtisodiy o‘sishni tiklash va iqtisodiyot tarmoq­lari hamda sohalarida tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Ushbu qaror asosida aholi bandligi darajasini oshirishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi uchun 11,4 trln so‘m mablag‘ ajratildi. Bu mablag‘ hajmi Covid-19 pandemiyasi holatini boshdan kechirayotgan O‘zbekiston uchun aytarli darajada jiddiy investitsiya hisoblanadi.Mamlakatimizda har yili 200 ming­dan 400 ming nafargacha yoshlar ish o‘rinlariga muhtoj bo‘lar edi, bu yil Covid-19 pandemiyasi tufayli bu raqam 2 million nafarni tashkil etmoqda. Oxirgi yigirma yil davomida jahonda yoshlar ishsizligi ko‘rsatkichi katta yoshlilar ishsizligi ko‘rsatkichidan uch barobar ko‘p bo‘lgani holda saqlanib kelayotgan edi, ba’zi hududlarda bu ko‘rsatkich besh barobarni tashkil etadi. Jahon iqtisodiyotida oxirgi yillardagi ro‘y bergan ma’lum sabablarga (raqamlashtirish texnologiyalarining keng qo‘llanishi, pandemiyalar, ro‘y berishi tezlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozlari, mintaqaviy urushlar ta’siri, qochqinlar muammosi va b.) ko‘ra bandlik masalasi butun dunyoda yechimini kutayotgan eng dolzarb muammo sifatida e’tirof etil­moqda.Shu sababli respublikamizda ijtimoiy kam himoyalangan yoshlar bandligi darajasini oshirish maqsadida “INNOVATSION BANDLIK LABORATORIYASI” MChJ tomonidan sun’iy intellekt vositasida faoliyat olib boruvchi innovatsion dasturiy-algoritmli platforma yaratilishi taklifi ishlab chiqildi. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida:
birinchidan, O‘zbekistonda ilk marta bandlik sohasida sun’iy intellekt vositasida faoliyat yurituvchi innovatsion dasturiy-algoritmli platforma yaratiladi, bu bilan
Loyihani bajarishga jalb etilgan mutaxassislarning asosiy qismi uzoq yillar davomida professional ta’lim va bandlik tizimida yoshlarga kasbiy ta’lim berish va ularni ish joylari bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lib, ular mazkur yo‘nalishda qator respublika va xalqaro ilmiy loyihalarda rahbar va ijrochi sifatida ishtirok etganlar.Loyiha kelajakda nafaqat yoshlarni, balki katta yoshdagi aholi vakillarini ham qamrab olishni ko‘zda tutadi. Ushbu ko‘zlangan reja amalga oshishi natijasida aholining barcha qatlamlarini ularning xarakteri, sog‘lig‘idagi cheklovlarni ino­batga olgan holda qiziqishi, qobiliyati, kasbi, imkoniyati, layoqati haqida aniq axborotga tayanib, sun’iy intellekt tomonidan yashayotgan tumanida, bo‘lmasa qo‘shni tuman yoki viloyatda, respublika miqyosida, hatto chet ellarda qanday ish o‘rinlari bilan ta’minlash imkoniyatlarini hisoblab beradi. Ushbu axborotlar aso­sida ishlab chiqilgan tavsiyalar bir necha variantda foydalanuvchiga taqdim etib boriladi.Eng asosiysi, bandlikni ta’minlash muammosi bilan fuqaroning voyaga yetganidagina shug‘ullanilmay, balki tug‘ilgan davridan boshlab, uning ota-onasini tarbiyalash, ularga tegishli bilimlarni yetkazib berish, ota-onalar taqdim etilgan bilimlardan qanday foydalanishayotgani (yoki foydalanishmayotgani, bee’tibor bo‘layotgani) monitoringini yuritish, maktabgacha ta’lim muassasa­lari, maktab, professio­nal ta’lim olish davrida ushbu yosh fuqarolarga berila­yotgan ta’lim-tarbiyaning berilishi sifati, vaqti, samarasini nazorat qilish imkoni yaratiladi. Yoshlarga ular­ning har bir yoshi kesimida berilishi majbur bo‘lgan holda berilmayotgan ta’lim-tarbiya haqida ularning ota-onasi, tegishli muassasa rahbarlari, hokimiyat va mas’ul tashkilotlar kechikmasdan, avtomatik ravishda xabardor qilinadi. O‘z navbatida, bu tashkilotlarning qay biri qanday reaksiya ko‘rsatayotganligi ham monitoring qilinadi. Yuqorida qayd etib o‘tilgan jarayonlar “Innovatsion bandlik laboratoriyasi”ning olim-mutaxassislari tomonidan kuzatilib, tegishli ma’lumotlar, tavsiyalar barcha darajadagi tashkilotlarga hamda ommaviy axborot vositalariga taqdim etiladi.

Yüklə 103,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin