Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni



Yüklə 87,76 Kb.
tarix26.11.2023
ölçüsü87,76 Kb.
#136534
portal.guldu.uz-mustaqil ta`lim


MUSTAQIL TA’LIM VA MUSTAQIL ISHLAR
Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni.
“Falsafa” bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.
Mustaqil ta’limning turli xil shakllari mavjud bo‘lib, bunda asosiy e’tibor talabaning berilgan mavzular (amaliy masalalar, topshiriqlar va keys-stadilar)ni mustaqil ravishda, ya’ni auditoriyadan tashqarida bajarishi, o‘qib o‘rganishi va shu yo‘nalish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirishiga qaratiladi. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • darslik yoki o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fanlar boblari va mavzularini o‘rganish;

  • tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;

  • mustaqil ishlar, keys-stadilar bilan ishlash;

  • maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

  • fanga oid statistik ma’lumotlarni o‘rganish, ularni tahlil qilish;

  • talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari yoki mavzularni chuqur o‘rganish;

  • faol va muammoli o‘qitish usulidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;

  • masofaviy ta’lim

“Falsafa” fanidan talabalarining mustaqil ishlarini referat, seminar, ma’ruza tayyorlash, Prezident asarlarini konspektlashtirish va boshqa shakllarda tashkil etilishi tavsiya etiladi. Mustaqil ish mavzularini belgilashda ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari mavzularini to‘ldirishga harakat qilinishi lozim.Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi
bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni
topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
“Falsafa” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi ko‘rinishida shakllantirilgan.


Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi



    1. Falsafiy dunyoqarashning o’z-o’zini anglashdagi roli.

    2. Insonning ma’naviy kamolotida falsafiy dunyoqarashning roli

    3. Bilim inson ma’naviy kamoloti omili.

    4. Tarix falsafasi va falsafa uyg’unligi.

    5. Globallashuv sharoitida antropologik inqirozning oldini olishning zaruriyati.

    6. Ontologik va munosabatdosh kategoriyalarning uyg’unligi.

    7. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi.

    8. Diniy madaniy an’analarning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri.

    9. Oila va oilaviy qadriyatlar ma’naviy madaniyatning bosh omili.

    10. Sharq va G’arb falsafasida inson masalasi.

    11. Jamiyatning ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy tizimi.

    12. Falsafa qonun va kategoriyalarning ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli.

    13. O’zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi, korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyati.

    14. Hukmning tarkibi va xususiyatlari.

    15. Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi.

    16. Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari.

    17. Buyuk mutafakkirlar etika kategoriyalari haqida.

    18. Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari.

    19. Oila nomusi va sha’nini saqlashda ota-ona va farzand mas’uliyati.

    20. Milliy ma’naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qarashlar.

Yüklə 87,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin