Mustaqil talim



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/48
tarix11.11.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#132378
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48
Moliya Mahkamov

Nosug‘urtaviy risklar 
– bu risklar obyektiv mavjud bo‘ladi, ammo sug‘urtalovchi 
mas’uliyati hajmiga qo‘shib, ya’ni sug‘urtaga qabul qilib bo‘lmaydi.
Xavf-xatar manbalaridan 
kelib chiqib risklarni quyidagilarga bo‘lish mumkin: 
tabiiy 
ofatlar (er qimirlashi, sel, do‘l va b.) bilan bog‘liq bo‘lgan 
va 
insonning ongli xatti-
harakati
(o‘g‘irlik, talonchilik va boshqa g‘ayri huquqiy xatti-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, 
shuningdek yuqorida sanab o‘tilganlarning aralash risklari (misol uchun, mutaxassis-
epidemiologning maqsadli
harakati bilan yuzaga keluvchi epidemiyalar).
Sug‘urtalovchining mas’uliyati hajmi 
bo‘yicha risklar yakka tartibdagi (masalan, 
tasviriy san’at asarlarini tashish va ko‘rgazmasi) va universal (masalan, muntazam 
uchrovchi mulkiy risk – o‘g‘irlik) turlarga bo‘linadi.
Risklar natijasidagi yo‘qotishlar turlariga 
quyidagilar kiradi: moddiy, moliyaviy
mehnat, vaqtli, obro‘li (ishonch), ekologik yoki sog‘likka ziyon etkazilishi.
3. Risklarni boshqarish va sug‘urta
Risklarni boshqarish 
o‘zining mohiyati bo‘yicha har qanday iqtisodiy tizim (jarayon)ning 
zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Risk hajmi olinadigan daromad bilan bevosita 
proporsionaldir. Bundan ko‘rinib turibdiki, har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektning, 
tizimning faoliyatini samaradorligi to‘laligicha risklarni boshqarish jarayonini qanchalik 
samarali tashkil qilinganligiga bog‘liq.
Riskni boshqarish (risk-menejment) 
– ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, uning maqsadi
noqulay holatlar yuzaga kelganda obyektning ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlarini 
kamaytirish yoki kompensatsiyalash hisoblanadi.
Riskni boshqarishning quyidagi 
asosiy bosqichlari 
mavjud (2-rasm): 

risk obyektining tahlili

riskni aniqlash; 

riskni baholash; 

riskka ta’sir etish usullarini aniqlash; 

qaror qabul qilish

riskka bevosita ta’sir o‘tkazish; 

boshqarish jarayoni natijalarini nazorat va tahrir qilish. 
Risk tahlili 
– boshlang‘ich bosqich bo‘lib, uning maqsadi obyektning hozirgi vaqtdagi 
tarkibi, xususiyatlari haqida, kelajakda uning holatini o‘zgarishi haqida zarur axborotlarni 
olish hisoblanadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin