Mustaqil talim



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/48
tarix11.11.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#132378
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
Moliya Mahkamov

Risklarni o‘tkazish 
- u uchun javobgarlikni uchinchi shaxslarga o‘tkazish.
Sug‘urta mas’uliyati 
– sug‘urtalovchining sug‘urta holatlari ro‘y berganda sug‘urta qoplamalari 
yoki sug‘urta summalarini to‘lash bo‘yicha majburiyati.
Sug‘urta bozori 
– sug‘urta xizmatlari oldi-sotdisi bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar tizimi.
Nazorat uchun savollar.

Sug‘urtada risk tushunchasini izohlang.

Sug‘urtadagi maxsus risklarni ayting va sharhlang.



Risklarning turkumlanishi deganda nima tushuniladi va ular qanday mezonlar 
bo‘yicha turkumlanadi?

Riskni boshqarishning mazmuni nimadan iborat?

Riskni boshqarishda menejmentning roli va o‘rnini tushuntiring.

Riskni boshqarish usullarini tushuntiring.

Riskni boshqarishda sug‘urtaning ahamiyatini tushuntiring.
"Sug‘urta asoslari"
3-mavzu. Sug‘urtaning asosiy tushunchalari va tamoyillari
Ko‘riladigan masalalar

Sug‘urtaning tashkiliy qirralarini ifodalovchi atamalar

Sug‘urta fondining shakllanishi bilan bog‘liq atamalar

Sug‘urta mablag‘larining sarflanishi bilan bog‘langan atamalar

Amaliyotda qo‘llaniladigan xorijiy atamalar
o
Sug‘urtaning tashkiliy qirralarini ifodalovchi atamalar
Sug‘urtani amalga oshirish jarayonida sug‘urta ishtirokchilarining turlicha 
sug‘urtaviy manfaatlarini namoyon bo‘lishi, sug‘urtaga tegishli obyektlarning 
turlichaligi, sug‘urta hodisalarining keng ko‘lamliligi va boshqa omillar bilan 
bog‘liq bo‘lgan murakkab spetsifik munosabatlar yig‘indisi yuzaga keladi. Shu 
munosabat bilan u yoki bu konkret sug‘urta munosabatlarini maxsus 
terminologiya yordamida aks ettirish zaruriyati tabiiydir.
Sug‘urta terminologiyasi yordamida sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchilar 
o‘rtasida bir tilda
suhbat olib borish, sug‘urta shartlarini tushunish, unda ishtirok etayotgan 
tomonlarning huquq va majburiyatlarini aniqlash, sheriklar bilan amaliy 
munosabatlarni olib borish, reklama va boshqa sug‘urta ishlarini amalga oshirish 
mumkin bo‘ladi.
Sug‘urtaning tashkiliy atamalariga quyidagilar kiradi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin