Javobgarlik sug‘urtasi esa quyidagi tarmoqlarga ega: qarz sug‘urtasi hamda yetkazilgan
zararni qoplash sug‘urtasi. Bu fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi ham deb yuritiladi.
Tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug‘urtasida ikkita tarmoq mavjud: daromadlarni bevosita
hamda bilvosita yo‘qotilish tavakkalchiliklari sug‘urtasi.
"Sug‘urta asoslari"
Sug‘urtalanuvchilarni sug‘urtalovchilar bilan sug‘urta munosabatlariga kirishi va
sug‘urtalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida sug‘urta tarmoqlarini konkret sug‘urta
turlariga bo‘lish zarurati paydo bo‘ladi.
Mulkiy sug‘urtaning bunday konkret turlariga qurilmalar, chorva hayvonlari, ro‘zg‘or
buyumlari,
transport vositalari, qishloq xo‘jalik ekinlari hosili va boshqa turli xo‘jalik kategoriyalari
sug‘urtasi misol bo‘la oladi.
Ijtimoiy sug‘urtaning kokret turlariga pensiya va turli nafaqalar sug‘urtasi kiradi.
Shaxsiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urtaning quyidagi turlari amalga oshiriladi: hayotni aralash
sug‘urtasi, o‘lim holati va mehnatga layoqatini yo‘qotishdan sug‘urtalash, bolalar sug‘urtasi,
qo‘shimcha pensiya sug‘urtasi, baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash va boshqalar.
Javobgarlik sug‘urtasi bo‘yicha – kreditni yoki boshqa qarzlarni qaytara olmaslikdan
sug‘urtalash, yuqori xavf-xatar manbalari egalarining fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi, xo‘jalik
faoliyati jarayonida zarar yetkazish holati bo‘yicha fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi va
boshqalar.
Tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug‘urtasi dastgoxlarni to‘xtab qolishi, savdodagi to‘xtalishlar
natijasida zarar qurish yoki foyda ololmaslik sug‘urtasi, yangi texnika va
texnologiyalarni qo‘llash tavakkalchiliklari sug‘urtasi va boshqa turlarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: