Majburiy sug‘urtaning muddatsizligi. Majburiy sug‘urta sug‘urtalangan obyekt
mavjud bo‘lgan davrning to‘la qismida amal qiladi.
Majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta ta’minotining me’yorlashtirilishi. Sug‘urtaviy
baholash va sug‘urtaviy qoplash tartibini soddalashtirish maqsadida sug‘urta bahosiga
nisbatan
foizlarda yoki bir obyektga so‘mlarda sug‘urta ta’minotining me’yorlari belgilanadi.
Sug‘urtaning ixtiyoriy shakli quyidagi tamoyillar asosida qurilgan.
Ixtiyoriy sug‘urta qonunchilik asosida va ixtiyoriy ravishda amal qiladi. Qonunchilik
ixtiyoriy sug‘urtaga tegishli obyektlarni va sug‘urtaning umumiy shartlarini belgilab
beradi. Konkret shartlar esa, sug‘urtalovchilar tomonidan ishlab chiqiladigan sug‘urta
qoidalari orqali tartibga solinadi.
Sug‘urtada ixtiyoriy qatnashish to‘la holda faqat sug‘urtalanuvchilar uchun xarakterlidir. Agar sug‘urtalanuvchining xohishi sug‘urta qoidalariga zid kelmasa,
sug‘urtalovchi obyektni sug‘urta qilishdan bosh tortish huquqiga ega emas. Bu tamoyil
sug‘urtalanuvchining birinchi talabi bo‘yicha sug‘urta shartnomasi tuzilishini
kafolatlaydi.
Ixtiyoriy sug‘urtani tanlab qamrab olishi. Barcha shaxslar ham unda ishtirok etish
istagini bildiravermaydilar. Bundan tashqari, shartnomalar tuzishda sug‘urta shartlari
bo‘yicha chegaralashlar ham amal qiladi.
Ixtiyoriy sug‘urta doimo sug‘urta muddati bilan chegaralanadi. Bunda muddatning
boshlanishi va tugashi shartnomada qat’iy kelishib olinadi. Shundan kelib chiqib,
sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasi sug‘urta holati faqatgina sug‘urta davrida
sodir bo‘lgandagina to‘lanadi. Ixtiyoriy sug‘urtaning uzluksizligini faqatgina yangi
muddatga qayta shartnoma tuzish yo‘li bilangina ta’minlash mumkin.
Ixtiyoriy sug‘urta faqatgina bir martalik yoki davriy sug‘urta badallari