Mustaqil talim



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/48
tarix11.11.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#132378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Moliya Mahkamov

3. Tayanch iboralar


Sug‘urta 
– ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar 
o‘rtasida qoplash.
Sug‘urta bozori 
– sug‘urta xizmatlari oldi-sotdisi bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar tizimi.
Sug‘urta summasi 
– sug‘urta obyektini haqiqatda sug‘urtalangan qismining pul 
ko‘rinishidagi qiymati.
Sug‘urta shartnomasi 
– sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi sug‘urta turi 
shartlariga mos ravishda ularning o‘zaro majburiyatlarini tartibga soluvchi kelishuv 
(huquqiy bitm).
Sug‘urta limiti 
– moddiy qiymatliklar va sug‘urtaviy mas’uliyatlarni sug‘urtalash 
mumkin bo‘lgan maksimal
pul summasi.
Sug‘urta himoyasi 
– konkret obyekt tomonidan ko‘rilgan zararni bartaraf qilish yoki 
qoplash bo‘yicha munosabatlar.
Sug‘urtalovchi – 
sug‘urtani amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot.
Sug‘urta qildiruvchi 
– sug‘urta badallarini to‘lovchi va konkret sug‘urta munosabatlarida 
qatnashuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
Sug‘urtalanuvchi 
– hayoti, sog‘ligi yoki mehnatga layoqati sug‘urta obyekti bo‘lgan 
shaxs. 
"Sug‘urta asoslari"
Sug‘urta obyekti va predmetlari 
– sug‘urtalashga tegishli bo‘lgan moddiy qiymatliklar, inson 
hayoti, sog‘ligi, mehnatga layoqati, javobgarliklar va mas’uliyatlar.
Sug‘urta mas’uliyati 
– sug‘urtalovchining sug‘urta holatlari ro‘y berganda sug‘urta qoplamalari 
yoki sug‘urta summalarini to‘lash bo‘yicha majburiyati.
Sug‘urta guvohnomasi (polisi) 
– sug‘urta amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Sug‘urta fondi 
– sug‘urta badallari hisobidan shakllantiriladigan hamda sug‘urta holati 
natijasida sug‘urtalanuvchining ko‘radigan zararini oldini olish, lokalizatsiya qilish va qoplashga 
mo‘ljallangan sug‘urta rezervlari yig‘indisi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin