Mustaqil talim



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/48
tarix11.11.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#132378
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48
Moliya Mahkamov

Riskni aniqlash 
bosqichi obyektning mavjud risklarini tavsifini, ya’ni ularning sifat 
jihatlari va ta’rifini nazarda tutadi. 
"Sug‘urta asoslari"
2-rasm. 
Riskni boshqarish jarayonining umumiy sxemasi
Baholash 
– bu aniqlangan risklarning miqdoriy tavsiflarini aniqlash: ehtimolligi va ko‘rilishi 


mumkin bo‘lgan zararlar hajmi. Mazkur bosqichda noqulay holatlarning rivojlanish ssenariylari 
jamlamasi shakllanadi; zarar ko‘rish ehtimolligini taqsimlash funksiyalari quriladi.
Aniqlash 
va 
baholash 
o‘zaro uzviy bog‘liq hisoblanadi va har doim ham ularni alohida mustaqil 
qismlarga ajratish imkoni bo‘lmaydi. Undan tashqari, riskni boshqarish jarayoni qarama- qarshi 
yo‘nalishda borishi ham mumkin: baholashdan aniqlashga, misol uchun, zarar ko‘rib bo‘lingadan 
keyin uning sabablarini aniqlashda.
Riskka ta’sir etish usullarini tanlash 
bosqichida kelajakda ko‘rilishi mukin bo‘lgan zararlarni 
minimallashtirish rejalashtiriladi. Buning uchun uni kamaytirishning turli uslub va usullari 
qo‘llaniladi. Riskka ta’sir etish usullarini tanlash ularning samaradorligini solishtirish orqali, shu 
jumladan turli usullarning kompleks kombinatsiyalarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi 
lozim
Riskka bevosita ta’sir etish 
bosqichi to‘rtta asosiy uslublardan tashkil topadi: 
istisno qilish, 
pasaytirish, saqlash va riskni o‘tkazish (3-rasm).
Riskni istisno qilish 
deganda mazkur risk bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday xatti-harakatlar
va chora-tadbirlarni rad qilish tushuniladi.
Riskni pasaytirish - 
ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni yoki noqulay holatlarni ro‘y berish 
ehtimolligini kamaytirishni bildiradi. Bu yo‘nalishda 
oldini olish tadbirlari 
amalga oshiriladi. 
Bunday tadbirlar deganda binolar va inshootlarlarning xavfsizlini kuchaytiruvchi turli xildagi 
choralar, nazorat va ogohlantiruvchi tizimlarni, yong‘inga qarshi qurilmalarni o‘rnatish, 
ekstrimal holatlarda harakatlanish bo‘yicha xodimlarni o‘qitish va sh.k. tushuniladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin