Mustaqil talim



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/48
tarix11.11.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#132378
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
Moliya Mahkamov

4. Tayanch iboralar
Sug‘urta 
– ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar 
o‘rtasida qoplash.
O‘z-o‘zini sug‘urtalash – 
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘z moddiy va pul rezervlarini 
yaratish.


Sug‘urtalovchi – 
sug‘urtani amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot.
Risk – 
tabiiy-iqlimiy, iqtisodiy va ijtimoiy hodisalar xususiyatlaridan kelib chiqadigan 
yo‘qotishlar xavfi ehtimoli.
Hodisa 
– tabiiy yoki ijtimoiy-texnik jarayonlar, tashqi subyektlarning maqsadga
yo‘naltirilgan xatti-harakatlari yig‘indisi yoki subyektning o‘zini xatti-harakati.
Subyekt uchun xavf-hatarlar 
– amalga oshishi subyektga zarar (ziyon) yetkazishi mumkin 
bo‘lgan hodisalar
Zarar 
– har qanday moddiy yoki ma’naviy talofat, ziyon.
Manfaat 
– naf, foyda.
Haqiqiy risklar 
– 
salbiy yoki nolli natijani olish ehtimolligi: tabiiy, ekologik, siyosiy, transport 
va tijorat risklarining bir qismi (mulkiy, ishlab chiqarish, savdo).
Spekulyativ risklar 
– 
ham ijobiy, ham salbiy natijani olish ehtimolligi: moliyaviy risklar.
Foiz risklari 
– 
tijorat banklari, kredit muassasalari, investitsion institutlar tomonidan jalb 
qilingan mablag‘lari bo‘yicha to‘layotgan foizlarining taqdim etilayotgan kreditlar bo‘yicha foiz 
stavkalaridan ko‘tarilib ketishi natijasidagi yo‘qotishlar xavfi.
Kredit riski 
– qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzini va tegishli foizlarni to‘lanmaslik xavfi.
Sug‘urtaviy risk 
– 
bu sug‘urta hodisasini ro‘y berish ehtimolligi va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan 
zararning miqdoriy hajmi nuqtai nazaridan baholanadigan xavf.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin