Mustaqil talim



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/48
tarix11.11.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#132378
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48
Moliya Mahkamov

Nosug‘urtaviy risklar 
– bu risklar obyektiv mavjud bo‘ladi, ammo sug‘urtalovchi mas’uliyati 
hajmiga qo‘shib, ya’ni sug‘urtaga qabul qilib bo‘lmaydi.
Texnogen risklar 
– 
inson xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq holda yuzaga keladi: avariyali holatlar, 
atrof-muhitning ifloslanishi va sh.k. Texnogen risklarga misol qilib yong‘inning turli
obyektlarga ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan 
yong‘in risklarini 
ko‘rsatishimiz mumkin.
Tabiiy risklar 
– inson faoliyati bilan bog‘liq emas. Ularga asosan tabiiy ofatlar: yer qimirlashi, 
suv toshqini, to‘fon, chaqmoq urishi va b. kiradi.
Aralash risklar 
– bu inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida yuzaga keladigan tabiiy xarakterdagi
holatlar. Misol uchun, qurilish ishlarini olib borilishi natijasidagi yer ko‘chishlari.
Riskni boshqarish (risk-menejment) 
– 
ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, uning maqsadi noqulay 
holatlar yuzaga kelganda obyektning ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlarini kamaytirish yoki 
kompensatsiyalash hisoblanadi.
"Sug‘urta asoslari"
Risk tahlili 
– boshlang‘ich bosqich bo‘lib, uning maqsadi obyektning hozirgi vaqtdagi tarkibi, 
xususiyatlari haqida, kelajakda uning holatini o‘zgarishi haqida zarur axborotlarni olish 
hisoblanadi.
Baholash 
– bu aniqlangan risklarning miqdoriy tavsiflarini aniqlash: ehtimolligi va ko‘rilishi 
mumkin bo‘lgan zararlar hajmi.
Riskni istisno qilish 
- mazkur risk bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday xatti-harakatlar va chora-
tadbirlarni rad qilish.
Riskni pasaytirish - 
ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni yoki noqulay holatlarni ro‘y berish 
ehtimolligini kamaytirish.
Risklarni saqlash - 
zararlarni kompensatsiyalashga yo‘naltirilgan har qanday ta’sirlardan voz 
kechish yoki noqulay holatlar ro‘y berganda zararlarni qoplashga mo‘ljallangan maxsus rezerv
fondlarini tashkil qilish (o‘z-o‘zini sug‘urtalash).

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin