Risklarning turkumlanishi deganda nima tushuniladi va ular qanday mezonlar
bo‘yicha turkumlanadi?
Riskni boshqarishning mazmuni nimadan iborat?
Riskni boshqarishda menejmentning roli va o‘rnini tushuntiring.
Riskni boshqarish usullarini tushuntiring.
Riskni boshqarishda sug‘urtaning ahamiyatini tushuntiring.
"Sug‘urta asoslari"
3-mavzu. Sug‘urtaning asosiy tushunchalari va tamoyillari
Ko‘riladigan masalalar
Sug‘urtaning tashkiliy qirralarini ifodalovchi atamalar
Sug‘urta fondining shakllanishi bilan bog‘liq atamalar
Sug‘urta mablag‘larining sarflanishi bilan bog‘langan atamalar
Amaliyotda qo‘llaniladigan xorijiy atamalar
o
Sug‘urtaning tashkiliy qirralarini ifodalovchi atamalar
Sug‘urtani amalga oshirish jarayonida sug‘urta ishtirokchilarining turlicha
sug‘urtaviy manfaatlarini namoyon bo‘lishi, sug‘urtaga tegishli obyektlarning
turlichaligi, sug‘urta hodisalarining keng ko‘lamliligi va boshqa omillar
bilan
bog‘liq bo‘lgan murakkab spetsifik munosabatlar yig‘indisi yuzaga keladi. Shu
munosabat bilan u yoki bu konkret sug‘urta munosabatlarini maxsus
terminologiya yordamida aks ettirish zaruriyati tabiiydir.
Sug‘urta terminologiyasi yordamida sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchilar
o‘rtasida bir tilda
suhbat olib borish, sug‘urta shartlarini tushunish,
unda ishtirok etayotgan
tomonlarning huquq
va majburiyatlarini aniqlash,
sheriklar bilan amaliy
munosabatlarni olib borish, reklama va boshqa sug‘urta ishlarini amalga oshirish
mumkin bo‘ladi.
Sug‘urtaning tashkiliy atamalariga quyidagilar kiradi.
Dostları ilə paylaş: