Mustaqil talim



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/48
tarix11.11.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#132378
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48
Moliya Mahkamov

Autsayderlar. 
Sug‘urta assotsiatsiyalari yoki monopolistik guruhlariga a’zo bo‘lmagan sug‘urta 
kompaniyalari, brokerlik firmalari.
Syurveyr
. Sug‘urtalovchi yoki sug‘urtalanuvchi iltimosiga binoan sug‘urta obyektini
tekshiruvchi, ko‘ruvchi va u haqda xulosa beruvchi ekspert.
Sug‘urta bonusi
. Sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalanuvchiga sug‘urta hodisasini oldini 
olganligi uchun sug‘urta to‘lovi (mukofoti)dan chegirma yoki pulning bir qismini qaytarish.
Kargo
. Dengiz, havo, yer yuzi transportida tashilayotgan yuk yoki mulkni sug‘urtalash.
Kasko
. Transport vositasini o‘zini sug‘urtasi.
Nazorat uchun savollar:

Sug‘urtada maxsus atamalardan foydalanishning zarurligi nimada?

Sug‘urtada foydalanalidigan atamalarni qanday turkumlash mumkin?

Sug‘urtaning tashkiliy qirralarini ifodalovchi atamalar tarkibiga qaysilar kiradi?

Sug‘urta fondining shakllanishi bilan bog‘liq atamalar tarkibiga qaysilar kiradi?

Sug‘urta mablag‘larining sarflanishi bilan bog‘langan atamalar tarkibiga qaysilar 
kiradi?

Amaliyotda qo‘llaniladigan xorijiy atamalardan qaysilarini bilasiz?
"Sug‘urta asoslari"
4-mavzu. Sug‘urta klassifikatsiyasi
Ko‘riladigan masalalar



Sug‘urtani turkumlashning umumiy asoslari

Sug‘urta sohalari va klasslari

Tayanch iboralar
o
Sug‘urtani turkumlashning umumiy asoslari.
Sug‘urta ixtisoslashtirilgan sug‘urta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Ular davlat va nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar bo‘lishi mumkin. Ularning 
faoliyat doirasi ichki, tashqi yoki aralash sug‘urta bozorlarini qamrab olgan 
bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga rivojlangan sug‘urta bozori sharoitida ham 
davlat ichkarisida, ham chetda amalga oshirilishi mumkin. Bu sug‘urtaning 
tashkiliy turkumlanishidir. Ammo, sug‘urta munosabatlarining mazmuni sug‘urta 
obyekti va xavf-xatar turlari bo‘yicha turkumlanishi yordamida namoyon bo‘ladi.
Sug‘urta sug‘urtalanuvchilarning turli toifalarini qamrab oladi. Uning shartlari 
sug‘urta
mas’uliyatining hajmlari bo‘yicha farq qiladi; u qonun kuchida va ixtiyoriy 
ravishda amalga oshirilishi mumkin. Sug‘urta munosabatlarining turlichaligini 
tartibga solish va o‘zaro bog‘liq yagona tizimni shakllantirish uchun sug‘urtani 
turkumlash zarurdir.
Sug‘urtaning mohiyatini to‘laqonli namoyon qilish, u bo‘yicha maqsad va 
manfaatlarni
yetarlicha aks ettira olishga sug‘urta kategoriyasini obyektlari bo‘yicha 
turkumlash xizmat qiladi. Sug‘urtani obyektlari bo‘yicha turkumlanishi natijasida 
bo‘g‘inlar hosil bo‘ladi. Barcha bo‘g‘inlar shunday joylashganki, har bir 
navbatdagi bo‘g‘in avvalgisining tarkibiy qismi hisoblanadi. Yuqori bo‘g‘in 
sifatida – 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin