Mustaqil talim


Sug‘urta – bu ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan maqsadli



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/48
tarix11.11.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#132378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Moliya Mahkamov

Sug‘urta – bu ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan maqsadli 
sug‘urta fondlarini
uning qatnashchilari o‘rtasida badallar hisobidan shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan qayta 
taqsimlash munosabatlari yig‘indisi.
O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasida 
sug‘urtaga
quyidagicha ta’rif berilgan:
«Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan 
shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda 
ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash 
yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi».
Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyatiga uning funksiyalari mos keladi. Ular sug‘urtani moliya 
tizimining bir bo‘g‘ini sifatida xususiyatlarini oydinlashtirishning tashqi shakllari hisoblanadi.
Sug‘urtaning to‘rtta funksiyasi mavjud: 

Tavakkalchilik 

Oldini olish 

Jamg‘arma 

Nazorat 
Asosiysi tavakkalchilik funksiyasi hisoblanadi, chunki sug‘urtaviy tavakkal zarar 
ehtimolligi sifatida talofat ko‘rgan xo‘jaliklarga pullik yordam ko‘rsatish bo‘yicha 
sug‘urtaning asosiy yo‘nalishi bilan bevosita bog‘liq. Aynan tavakkalchilik 
funksiyasining amal qilish doirasida sug‘urta ishtirokchilari o‘rtasida bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan sug‘urta hodisalari oqibatlari bilan bog‘liq pul shaklidagi qiymatning qayta 
taqsimlanishi ro‘y beradi.
Oldini olish funksiyasi sug‘urta fondi mablag‘larining bir qismi hisobidan sug‘urta 
tavakkalchiligini kamaytirish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan.
Hayot sug‘urtasida sug‘urta kategoriyasi kredit kategoriyasi bilan hayotni ma’lum 
muddatgacha sug‘urtalash
shartnomalari bo‘yicha mablag‘larni jamg‘arishda ancha yaqinlashadi. Hayot sug‘urtasi 
orqali pul mablag‘larini jamg‘arish oilaviy sharoitda sug‘urtaviy himoyaga bo‘lgan 
ehtiyoj bilan bog‘liqdir. Shu bilan sug‘urta jamg‘arish funksiyasini ham bajarishi 
mumkin.
Sug‘urtaning nazorat funksiyasi sug‘urta fondini qat’iy maqsadli shakllantirilishi va 
uning mablag‘laridan
to‘g‘ri foydalanishdan iborat. Mazkur funksiya yuqoridagi uch spetsifik funksiyalardan 
kelib chiqadi va konkret sug‘urta munosabatlarida ular bilan birga namoyon bo‘ladi. 
Nazorat funksiyasiga mos ravishda qonunchilik va instruktiv hujjatlar asosida sug‘urta 
amallarini to‘g‘ri bajarilishi ustidan moliyaviy sug‘urta nazorati amalga oshiriladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin