targ‘ibot ishlarini olib borishni taqozo etadi.
Bugun yurtimizda xizmat ko‘rsatish tarmog‘i jadal suratlar bilan rivojlanayotgan bo‘lib, bunga
sug‘urta kompaniyalarining faoliyat doirasi ham tobora kengayib borayotgani yorqin misol bo‘la
oladi. Hozirda mazkur bozorda yangi sug‘urta ishtirokchilarining yuzaga kelayotgani mavjud
sug‘urta turlarini yanada ko‘paytirish hamda shu orqali keng toifadagi yuridik va jismoniy
shaxslarni sifatli sug‘urta xizmatlari bilan ta’minlash imkonini bermoqda.
Mamlakatimiz Prezidentining 2007-yil 10 apreldagi PQ-618-sonli «Sug‘urta bozorini isloh
qilish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori muhim omil bo‘ldi. Umuman
aytganda, bugungi kunda mamlakatimizda sug‘urta xizmatlari bozorini xalqaro talablar
darajasiga olib chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarning sug‘urta bozorida faol ishtirok etishini
rag‘batlantirish maqsadida sug‘urta kompaniyalari uchun har tomonlama shart-sharoitlar
yaratilmoqda. Bu esa, bozordagi sog‘lom raqobat muhitini ham shakllanishiga olib kelmoqda.
Sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish sug‘urta bozorida turli mulkchilik
shaklidagi tashkilotlarning paydo bo‘lishiga xizmat qilmoqda. Bu borada qabul qilingan huquqiy
hujjatlar sug‘urta tizimining jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirish, jahon andozalariga mos, sifatli
xizmat ko‘rsatish hamda sug‘urta bozori infratuzilmasini takomillashtirish imkonini berayotir.
Ayni vaqtda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan o‘ttizdan ortiq ixtisoslashgan sug‘urta
kompaniyalari tomonidan mijozlarga ikki yuzdan ortiq turda xizmat ko‘rsatilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari va 2009-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi maoruzasida bozor iqtisodiyoti
institutlari, xususan, sug‘urtaning zamonaviy shakllarini keng rivojlantirish zarurligiga alohida
e’tibor qaratildi.
Mamlakatimiz sug‘urta sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning davomi sifatida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21 maydagi "Sug‘urta xizmatlari bozorini
yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-872-
sonli Qarorining qabul qilinishini aytishimiz mumkin. Unga asosan, sug‘urta faoliyatini yanada
takomillashtirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish,
ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug‘urta kompaniyalarining investitsion
jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirish, shuningdek, sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining
huquqlarini samarali himoya qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining taklifiga binoan 2010-yilning 1 yanvaridan boshlab
sug‘urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlarini oshirish belgilandi.
Dostları ilə paylaş: