Mustaqil talim



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/48
tarix11.11.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#132378
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Moliya Mahkamov

sug‘urtalovchi 
deb hisoblanadi.
Sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi yuzaga kelishini bartaraf etish va oldini olishga 
oid chora-
tadbirlarni maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda va 
shartlarda moliyalashtirishga haqli.
Sug‘urtalovchilar sug‘urtani amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan 


tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas. Quyidagilar bundan 
mustasnodir: 

maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartib va shartlardagi investitsiya faoliyati; 

sug‘urta sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish bilan bog‘liq faoliyat; 

sug‘urta agenti sifatidagi sug‘urta vositachiligi. 
Sug‘urtalovchilar ustav fondining eng kam miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Sug‘urtalovchi ustav fondining kamida 
to‘qson foizi 
muassislarning (ishtirokchilarning) 
pul
mablag‘laridan shakllantiriladi.
Sug‘urtalovchining ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan 
mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sug‘urtalovchining ustav fondi litsenziya olinadigan paytga qadar sug‘urtalovchining
muassislari tomonidan to‘langan bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yilning 10 aprelida qabul qilingan PQ-
618- 
sonli «Sug‘urta xizmatlari bozorini
to‘g‘risida»gi qaroriga asosan
sug‘urtalovchilarning moddiy-texnika
yanada isloh qilish va rivojlantirish sug‘urta tizimini rivojlantirishni bazasini va moliyaviy 
barqarorligini
chora-tadbirlari rag‘batlantirish, mustahkamlash,
ularning mintaqaviy vakolatxonalarini kengaytirish va aholining sug‘urta tashkilotlariga bo‘lgan 
ishonchini oshirish maqsadida sug‘urta tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdorlari 
quyidagicha belgilandi: 

umumiy sug‘urta tarmog‘iga ixtisoslashayotgan sug‘urtalovchilar uchun – 500 ming 
AQSh dollariga ekvivalent summada; 

hayotni sug‘urta qilish tarmog‘ida ixtisoslashayotgan sug‘urtalovchilar uchun – 750 ming 
AQSh dollarigi ekvivalent summada; 

majburiy sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi sug‘urtalovchilar uchun – 1 mln. AQSh 
dollariga ekvivalent miqdordagi summada. 

qayta sug‘urta qilish faoliyatiga ixtisoslashayotgan sug‘urtalovchilar uchun (agar faoliyat 
mavzusi faqat qayta sug‘urta qilish bo‘lsa) – 3 mln. AQSh dollariga ekvivalent summada; 
"Sug‘urta asoslari"
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21 maydagi "Sug‘urta xizmatlari bozorini 
yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-872-
sonli Qaroriga asosan sug‘urta faoliyatini yanada takomillashtirish, sug‘urtalovchilarning 
kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish 
va sug‘urta kompaniyalarining investitsion jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirish, 
shuningdek, sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini samarali himoya qilishni 
ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 
taklifiga binoan 2010-yilning 1 yanvaridan boshlab quyidagi sohalarda faoliyatni amalga 
oshiradigan sug‘urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlarini belgilandi. Unga 
ko‘ra: 



umumiy sug‘urta sohasida - 750 ming yevroga ekvivalent summada; 

hayotni sug‘urta qilish sohasida - 1000 ming yevroga ekvivalent summada; 

majburiy sug‘urta bo‘yicha - 1500 ming yevroga ekvivalent summada; 

faqat qayta sug‘urta qilish bo‘yicha - 4000 ming yevroga ekvivalent summada. 
Faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalari (sug‘urtalovchilar) 2010-yilning 1 
yanvarigacha bo‘lgan muddatda ustav kapitali miqdorlarini yuqorida ko‘rsatilgan 
talablarga muvofiqlashtirilishi talab etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligiga Davlat soliq qo‘mitasi 
bilan
birgalikda 2010-yilning 1 yanvaridan boshlab mazkur ustav kapitalining eng kam 
miqdorlarning yuqoridagi talablariga javob bermaydigan sug‘urtalovchilarning 
litsenziyalari amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib turish va tugatish bo‘yicha 
choralar ko‘rsish yuklatilgan.
Sug‘urtalovchilarning firma nomida ilgari tashkil etilgan sug‘urtalovchilarning nomi 
bilan
bir xil yoki ular bilan chalkashtirib yuboriladigan darajada o‘xshash belgilar 
qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, sug‘urtalovchilarning filiallari, shuningdek unitar 
korxona shaklida boshqa sug‘urtalovchilar tomonidan tashkil etilgan 
sug‘urtalovchilarning nomlari bundan mustasnodir.
Huquqiy jihatdan sug‘urta tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda
tutilgan, uning hududida sug‘urta faoliyatini (sug‘urta shartnomalarini tuzish; sug‘urta 
zahiralari va fondlarini shakllantirish; vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini daromadli 
obyektlarga, qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish va boshqalar) amalga oshiruvchi har 
qanday tashkiliy-huquqiy shaklning asoslangan strukturasini tashkil qilishi mumkin.
Sug‘urta tashkilotlarining resurslari va aylanma mablag‘lari to‘la mustaqil hisoblanadi. 
Sug‘urta tashkilotlari boshqa sug‘urta tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarini qayta 
sug‘urtalash va birgalikda sug‘urtalash asosida qurishlari mumkin.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega davlatlarda sug‘urta ishini monopollashuvini oldini
olish maqsadida quyidagicha tartib qo‘llaniladi: sug‘urtaning bir sohasida o‘n va o‘ndan 
ortiq raqobatchilar faoliyat ko‘rsatishi kerak, shu bilan birga ularni eng yirigining 
ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 31 % dan, ikkitasiniki – 44 
% dan, uchtasiniki – 54 % dan va to‘rttasiniki – 64 % dan oshmasligi kerak. Agar bunday 
mutanosiblik buzulgidek bo‘lsa, u holda davlat tegishli sug‘urtalovchilarga iqtisodiy 
sanksiyalar qo‘llaydi va sug‘urta bozoridagi ishtirokini chegaralab qo‘yadi.
Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi, bundan tashqari, 
sug‘urta
tashkilotlarining sug‘urta xizmatlari bozorini bo‘lishib olish bo‘yicha til biriktiruvlari, 
kelishuvlari va boshqa harakatlarini, raqobatni chegaralash yoki boshqa tashkilotlarni 
sug‘urta bozoriga kirishiga qarshiliklarni oldini olish hisoblanadi. G‘irrom raqobat vosita 
va usullari (sug‘urta tariflarini sun’iy ravishda ko‘tarish yoki tushirish
sug‘urtalanuvchini sug‘urta turi shartlari yoki o‘z raqobatchilarining moliyaviy holati 
to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumot berish orqali chalg‘itishga urinishlar)ni qo‘llashga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
"Sug‘urta asoslari"

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin