bo‘yicha tashkiliy strukturalarga bo‘linadi.
Jahonda «Hamkorlikka mos rahbarlik» deb nom olgan boshqarish (menejment)
usuli keng
tarqalgan. U quyidagi tamoyillarga tayanadi:
Sug‘urta kompaniyasining qarori bir
tomonlama, ya’ni yuqoridan, sug‘urta tashkiloti
rahbariyatining o‘zi tomonidan qabul qilinmaydi.
Sug‘urta kompaniyasining xodimlari faqatgina rahbariyatning topshiriqlarini bajaribgina
qolmay, balki vakolat bilan o‘z harakat sohalari va rejalariga ham ega bo‘ladilar.
Mas’uliyat sug‘urta kompaniyasi boshqaruvining faqat yuqori pog‘onasigagina tegishli
emas. U faoliyat sohalari bo‘yicha boshqa xodimlar
kompetensiyasining ham bir
qismidir.
Sug‘urta kompaniyasining rahbariyati faqatgina quyi instansiyalar
qabul qilishi mumkin
bo‘lmagan qarorlarnigina qabul qilish huquqiga ega.
Menejment (boshqarish) strukturasining bosh tamoyili vakolat va javobgarliklarni
yuqoridan quyigacha taqsimlanishi hisoblanadi.