Iqtisodiy muhitlar uchun xos bo‘lgan risklarning tasnifiy tizimi o‘z tarkibiga guruhlar,
toyifalar, turlar, kichik turlar va xillarni oladi. Ularning chizmali ko‘rinishi 1-rasmda aks
ettirilgan.
Ehtimolli natijasi (riskli hodisa)
bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadi:
Haqiqiy risklar
–
salbiy yoki nolli natijani olish ehtimolligi: tabiiy, ekologik, siyosiy,
transport va tijorat risklarining bir qismi (mulkiy,
ishlab chiqarish, savdo).
Spekulyativ risklar
–
ham ijobiy, ham salbiy natijani olish ehtimolligi: moliyaviy risklar.
Risklarni yuzaga kelishining asosiy sabablaridan
kelib chiqib,
ular quyidagilarga
bo‘linadi:
tabiiy;
ekologik;
siyosiy;
transport;
tijorat.
Tarkibiy belgisi
bo‘yicha tijorat risklari quyidagilarga bo‘linadi:
mulkiy,
mulklarni o‘g‘irlik, sovuqqonlik, texnik va texnologik
tizimlarda ortiqcha quvvat
va b. sababli yo‘qotish ehtimolligi;
ishlab chiqarish,
turli sabablar bilan ishlab chiqarishdagi to‘xtalishlar natijasida zarar
ko‘rish ehtimolligi;
savdo,
to‘lovlarning kechikishi, tovarlarni transportirovka qilish jarayonida to‘lovlarni
rad qilish, tovarlarni yetkazib bermaslik va b. sababli zarar ko‘rish ehtimolligi.
Dostları ilə paylaş: