Mustaqil yechish uchun masalalar: 1 7)



Yüklə 127,28 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix26.06.2023
ölçüsü127,28 Kb.
#128426
Mustaqil yech. Mas. 90 0134097



Mustaqil yechish uchun masalalar: 
1 (1.7) Qayiq suvga nisbatan 7,2 km/soat tezlik bilan qirg’oqqa tik yo'nalishda 
harakat qilmoqda. Oqim qayiqni 150 m pastga sudradi. Daryoning kengligi 0,5 km. Daryo 
oqimining tezligi va qayiqning daryodan o'tishi uchun sarf qilingan vaqt topilsin. 
 2. (1.17) Poyezd 36 km/soat boshlang’ich tezlikda harakat qilmoqda. Agar bug’ 
berish to'xtatilsa, poyezd tekis sekinlanuvchan harakat qilib 20 s dan keyin to'xtaydi. 1) 
Poyezdning manfiy tezlanishi topilsin. 2) To'xtash joyidan necha metr narida bug’ berishni 
to'xtatish kerak. 
3. (2.7) 500 t massali poyezd tormozlanganda tekis sekinlanuvchan harakat qilib 1 
min davomida tezligini 40 km/soat dan 28 km/soat gacha kamaytirgan. Tormozlash kuchi 
topilsin. 
4. (2.15) 600 m/s tezlik bilan uchayotgan 4,65·10
-26
kg massali molekula idish 
devoriga tik uriladi va tezligini o'zgartmasdan devordan elastik qaytadi. Urilish vaqtida idish 
devoriga berilgan kuch impulsi topilsil. 
 
5. (3.7) 0,5 m radiusli va  50 kg massali disksimon g’ildirakning gardishiga 98,1 N 
urunma kuch ta’sir qiladi. 1) G’ildirakning burchak tezlanishi topilsin. 2) Kuch ta’sir qila 
boshlagandan qancha vaqt o’tgach g’ildirakning tezligi 100 ayl/s ga mos keladi.
6. (3.12)  0,5 m radiusli barabanga ip o’ralgan, uning uchiga   10 kg yuk osilgan. 
Agar yukning pastga 2,04 m/s
2
tezlanish bilan tushayotgani ma’lum bo’lsa, barabanning 
inersiya momenti topilsin. 
 
 
47. (5.18) 10
0
C harorat va 730mm sim.ust. bosimdagi vodorodning zichligi topilsin. 
8. (5.25) Sig’imi 1m
3 
bo’lgan berk idishda 0,9 kg suv va 1,6 kg kislorod bor.
500 
0
C haroratda suv to’liq bug’ga aylanishi ma’lum bo’lsa, bu haroratda idishdagi bosim 
topilsin. 
9. (5.37) 430 m/s tezlik bilan uchib kelayotgan azot molekulasining harakat miqdori 
topilsin. 
 
10. (12.21) Moddiy nuqtaning garmonik tebranishlar amplitudasi 2 sm,
tebranishlarning to’la energiyasi 3·10
-6 
mkJ. Muvozanat vaziyatidan qancha siljiganda
tebranayotgan nuqtaga 22,5 mkN kuch ta’sir etadi?
11. (12.23) Prujinaga 10 kg yuk osilgan. Prujina 9.8 N kuch ta’sirida 1,5 cm
cho’zilishi mumkin bo’lsa, yukning vertikal tebranish davrini aniqlang. 

12. (9.9) Ikkitа 8
.
10
-9
C–6
.
10
-9 
C nuqtаviy zаryad o’rtаsidа yotgаn nuqtаdаgi 
elеktr mаydоn kuchlаngаnligi tоpilsin. Zаryadlаr оrаlig’i 10 smε=1. 
 
13. (9.42) Zаryadlаri 6,66 nC vа 13,33 nC bo’lgаn ikkitа shаrchа bir-biridаn  40 sm 
uzоqlikdа turibdi. Ulаrni bir-birigа  25 sm gаchа yaqinlаshtirish uchun qаnchа ish bаjаrish 
kеrаk? 
14. (10.5) Diаmеtri 1 sm, оg’irligi 1 kg bo’lgаn tеmir stеrjеnning qаrshiligi tоpilsin. 
15. (10.10) Uzunligi 500 m vа diаmеtri 2 mm bo’lgаn mis simdаn o’tаyotgаn tоkning 
kuchi 2 A gа tеng bo’lsа, undаgi pоtеnsiаliing tushishi tоpilsin. 
 

Yüklə 127,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin