Mustaqilish mavzu: 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi referat


III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari borasida



Yüklə 70,64 Kb.
səhifə5/7
tarix02.12.2023
ölçüsü70,64 Kb.
#137385
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
2017-2021 yillarda O\'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo\'yicha Harakatlar strategiyasi

III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari borasida.
-Iqtisodiy tashqi hamkorlikni rivojlantirish borasida, bugungi globallashuv jarayonlari jadallashayotgan sharoitda mamlakat iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘zgarishga ta’sir ko‘rsatadigan sohalardan biri- bu, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro moliya bozori institutlari bilan aloqalarni kengaytirishni talab etmoqda. Xalqaro moliyaviy institutlar pul mablag‘larini jalb qilish orqali moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, shu qatorda:

  • 2016-2020-yillar davomida 27 ta loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki kreditlarini jalb etish;

  • 2017-2019-yillar davomida 20 ta loyihani amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki kreditlarini jalb qilish;

  • 2017-2019-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish.7

-2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investitsiyaloyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 barobar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6% dan 36% ga, qayta ishlash tarmog‘I ulushi 80% dan 85% ga oshadi.
Jami xarajatlar uchun 37687,8 milliard so‘m va 8349,3 million AQSH dollari ajratilgan.
Mamlakatimizda 2016-yil yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulot 7,8 % ga o‘sganligi, sanoat mahsuloti hajmlari-6,6 % ga, qurilish ishlari- 12,5 %, chakana savdo aylanmasi- 14,4 % ga, xizmatlar- 12,5 % ga o‘sganligi,tashqi savdo aylanmasining ijobiy sal’dosi ta’minlanganligini ko‘rsarib o‘tishimiz mumkin.
2016-yilda iqtisodiyotga 16,6 milliard AQSH dollardan ko‘p investitisiya kiritildi, bu 2015-yilga nisbatan 9,6 % ga ko‘pdir.O‘zlashtirilgan Chet el investitsiya va kreditlari hajmi esa 13 % ga o‘sib, 3,7 milliard dollardan ziyod bo‘ldi.
Bundan tashqari, hududlarni ijtimoi-iqtisodiy rivojlantirish hududiy dasturlari doirasida 2016-yilda 28 mingdan ko‘p loyiha amalga oshirildi.
2017-yilda umumiy qiymati 1 milliard dollarlik 145 ta ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirildi:

  • meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash sohasida 147 million dollarlik 63 ta loyiha;

  • rangli va qimmatbaho metallarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 217 million dollarlik 6 ta loyiha;

  • kimyoviy hom ashyolarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 25 million dollarlik 2 ta loyiha;

  • uglevodorod hom ashyolarni qayta ishlashni chuqurlashtirish bo‘yicha 342 million dollarlik 6 ta loyiha;

  • tayyor charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha 6 million gollarlik 9 ta loyiha;farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirishga yo‘naltirilgan 24 million dollarlik 7 ta loyiha;

  • qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo‘yicha 151 million dollarlik 29 ta loyihaSanoatni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash loyihalari,shuningdek, 2015-2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini kamaytirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturining hayotga samarali tatbiq etilishi natijasida respublika YaIM ga sarflanadigan energiya sarfini 7,4 %, hamda yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini esa o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha 10,6 % ga kamaytirishga erishildi.

Yurtimiz eksportchilarning tashqi bozordagi o‘rnini saqlash hamda mamlakatning salohiyatini kuchaytirish maqsadida xorijga mahsulot yetkazib berish hajmini ko‘paytirish, eksport qilinadigan mahsulotlar turi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, eksport faoliyatiga yangi korxonalarni jalb etish ishlari davom ettirildi.
2016-yil davomida yana 877 ta korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, mahalliy mahsulotlarni chetga yetkazish geografiyasi 60 ta yangi bozorga ko‘paydi. Xususan, Birlashgan Arab Amirliklari, Livan, Iordaniya, Iroq, Gana, Senegal, Somali, Nigeriyaga yengil avtomobillar, Shvetsiya, Ruminiya, Bolgariya,Turkiya, Indoneziya, Moldova va Ozarbayjonga mineral o‘g‘itlar, Belarus, Ozarbayjonga sport poyabzallari, Polsha,Janubiy Koreyaga charm buyumlar va boshqa mahsulotlar eksport qilindi.
Keyingi yillarda qishloq joylarda aholi uchun namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. 2009-2016-yillarda qishloq joylarda 1308 turarjoy massivida umumiy maydoni 9 573 ming kvadrat metr bo‘lgan 69 557 ta shinam uy-joylar qurildi. Qishloqlardagi 83,5 mingdan ortiq oilaning yashash sharoiti yaratildi.Mamlakatimiz hududidagi ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish va hosildorlikni oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini sezilarli darajada oshishiga olib keladi. Harakatlar strategiyasida 2017-yilning o‘zida paxta ekin maydonlarini 49 ming gektarga va g‘alla maydonlarini 10 ming gektarga qisqartirish hisobidan qisqartirilgan ekin maydonlarining :

  • 8,1 ming gektariga kartoshka;

  • 27,2 ming gektariga sabzavot;

  • 5,9 ming gektariga intensiv bog‘;

  • 2,9 ming gektariga tokzor;

  • 10,9 ming gektariga ozuqa ekinlari;

  • 4 ming gektariga moyli ekinlarni joylashtirish ko‘zda tutilgan8.

-Chorvachilik tarmog‘ini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish butun agrar tarmoqni rivojlantirish strategiyasining muhim qismidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yili 29-dekabrdagiPQ-2460-son “2016-2020-yillar davrida qishloq xo‘jaligini isloh qilishni chuqurlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida 2016-2020-yillarda qoramollar sonini 3 165 ming boshga, qo‘y va echkilar sonini 4 281 ming boshga va parrandalar sonoini 31 200 mingtaga oshirish vazifalari belgilangan. Muhtaram Prezidentimiz qishloq xo‘jalidini rivojlantirishga alohida e’tibor berib, -“Yaqin kunlarda 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish yakuniga yetkaziladi. Asosiy e’tibor eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot va oziq-ovqat hamda chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishga, shuningdek, kichik ishlab chiqarish shohobchalarini tashkil etish va sevis xizmatlari ko‘rsatishga qaratiladi “ deb ta’kidlaganlar.
Xarakatlar strategiyasida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini rivojlantirish, ulrning xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona va tejamli foydalanish va shu asosda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish barqarorlashadi.
Keyingi yillarda respublikamizning bir qator hududlarda ekinlarni sug‘orishning yangi texnologiyalari sinovdan o‘tmoqda va qo‘llashga tavsiya etilmoqda. O‘zbekiton Respublikasining “2013-2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi “ ga muvofiq 2013-2017-yillarda jami 104 600 gektar maydonga sug‘orishning zamonaviy usullarini joriy etish ko‘zda tutilgan.O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining ma’lumotlariga qaraganda, respublikamizda 2011-2015-yillarda jami 47356 gektar ekin maydonlarida tomchilatib sug‘orish, 19 214 gektarda egatga polietilen plyonka to‘shab sug‘orish, 18 418 gektarda ko‘chma egiluvchan quvurlar orqali sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek: -“ Qishloq xo‘jaligini isloh qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari, hech shubhasiz, biz uchun eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Eng avvalo agrosanoat kompleksi va uning lokomotivi, ya’ni, harakatga keltiruvchi kuchi bo‘lgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini izchil rivojlantirishgakatta e’tibor qaratiladi “.
Mamalakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barqaror sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda moliyaviy jihatdan ko‘maklashish, jumladan, kreditlar ajratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, mamlakatimizda 2016-yilda iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 2015-yilga nisbatan 25,1 % ko‘payib, 2017-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra,53,4 trillion so‘mga yetdi.9
Bank tizimi tomonidan amalga oshirilgan qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi 2015-yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘payib, 2017-yilning 1-yanvar holatiga 15,9 trillion so‘mga yetdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan,2017-2021-yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada kelgusi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 barobar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi33,6 % dan36 % ga, qayta ishlash tarmog‘i ulushi80 % dan85 % ga oshadi.10
Harakatlar strategiyasida belgilangan O‘zbekiston Respublikasining viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiyrivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish, hududlarda aholining o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarini to‘la qondirishga erishish, hududiy korxonalar faoliyatiga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish, iqtisodiy rivojlanishning keng ko‘lamli loyihalarni amalga tatbiq etish maqsadlari qo‘yilgan.IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari borasida.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, byudjet muassasalari hodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish bo‘yicha, byudjet muassasalari hodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni asosida keng oshirib boriladi. Xususan, Prezidentning 2016-yil 22-avgustdagiPF-4822-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” gi Farmoniga asosan, 2016-yilning 1-oktabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:

  • ish haqi- oyiga149 775 so‘m;

  • yoshga doir pensiyalar- oyiga292 940 so‘m;

  • bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa- oyiga292 940 so‘m;

  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa- oyiga179 755 so‘m qilib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 6-son, 73-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi“ Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” giPQ-2753-son qarori11qabul qilindi.Mazkur qarorga asosan, 2017-yilning fevral oyidan boshlab:

  • barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda beriladi;

  • 58 ta tog‘li va olis tumandagi byudjet tashkiloti hodimlariga ish haqi to‘lash, ijtimoiy to‘lovlar hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda amalga oshiriladi;

  • Oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiyalarning kamida 50 %i naqd shaklda betriladi.

Milliy mehnat bozorining e’tiborga molik, o‘ziga xos xususiyatlaridan, aholining asosiy qismini yoshlar tashkil etishi, 700 mingdan ortiq ishsizlarning, shuningdek, ishchi kuchining talab va taklifi bo‘yicha nomutanosiblikning mavjudligi, ayrim tumanlarda ishsizlik va norasmiy sektorda ish bilan bandlikning yuqori darajasi kuzatiladi. Bunday holat bandlikka ko‘maklashishning faol siyosat choralarini amalga oshirish, ya’ni, ish o‘rinlarini yaratish, avvalo, yoshlarni va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalarini ish bilan ta’minlash chorasini ko‘rish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mehnat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilda Bandlikka ko‘maklashish markazlariga ish so‘rab murojaat qilganlarning93,2 %i ishga joylashtirilgan. 2017-yilda kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarining508,8 ming nafar bitiruvchisini ishga joylashtirilgan.12
Respublikamizda ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan, tog‘li, chegara oldi hududlarda joylashgan, ijtimoiy soha yetarli darajada rivojlanmagan 34 ta tuman mavjud. 2017-yilda shu tumanlarda46.8 mingta ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ijtimoiy sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratib: -“Aholini ish bilan ta’minlash biz uchun nafaqt iqtisodiy, ayni paytda katta ijtimoiy ahamiyatga egadir. Hokimliklar, vazirlik va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar bilan bir qatorda bank muassasalarini ham bu ishga yanada faol jalb etilishi kerak. Aholi bandligini hal etishda turizmni rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlarni ham ishga solishimiz lozim”- deb ta’kidlaganlar.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nutqida –“Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb60 %i ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. 1991-yilga taqqoslanganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko‘paydi, ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar salmoqli darajada oshdi. O‘zbekistonda 2010-2015-yillar mobaynida keksalar va pensiyonerlar uchun mo‘ljallangan 12 ta Sahovat va Muruvvat internet uylari moddiy-texnika bazalari,14,6 ming yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarning turarjoy sharoitlari yaxshilandi,5,4 ming odam reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlandi,6,4 ming nogiron va pensioner sanatoriyalarda sog‘liqlarini tiklashdi. Ko‘rsatilgan tibbiy-ijtimoiy yordimning umumiy hajmi132,2 milliard so‘mni tashkil etdi”.13
- Keksa yoshdagi aholi salomatligini tiklash va ularga sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada samarali tashkil etish maqsadida2017-yilda mamlakatimiz hududlarida ijtimoiy muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks choralar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan jami49 milliard 312 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.Fuqarolarning dam olish, sog‘liqni qayta tiklash, sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini oshirish uchun infratuzilmani yaxshilash va jihozlash uchun 2017-2018-yillar davomida jami49,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, mamlakatimiz bo‘yicha sanatoriyalar, yoshalr markazlari, suzish xavzasi, o‘yingohlar, stadion, madaniyat va sport majmuasi barpo etilishiga yo‘naltirildi.
2016-yil – “ Sog‘lom on ava bola yili” Davlat dasturi doirasida mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunlari bilan jihozlashuchun80 million dollar qiymatidagi kredit va grant mablag‘lari yo‘naltirildi. Davlat dasturida belgilangan tadbirlar bo‘yicha9 millionga yaqin farzand ko‘rish yoshidagi ayollar va10 millionga yaqin bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lomlashtirildi.
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish xalq manfaatlarini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. Aynan shu sohani rivojlantirish hamda kompleks chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev2017-yil 5-yanvar va 7-fevral kunlari sog‘liqni saqlash sohasini bir guruh yetakchi mutaxasislari bilan uchrashdi.
Harakatlar strategiyasiga muvofiq, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini1200 ta maxsus avtotransport bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.
Sog‘liqni saqlash tizimini birlamchi bo‘g‘ini bo‘lgan qishloq vrachlik punktlarining muntazam faoliyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ularning vrachlariga ish joyi yonidagi hududlarda uy-joylar qurib berish, qishloq vrachlik punktlarining moddiy-texnik bazasini kuchaytirish hamda ularning malakali kadrlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.Harakatlar strategiyasi doirasida 2017-2021-yillarda220 million so‘m evaziga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalarining kuchi bilan tog‘li, cho‘l, va boorish qiyin bo‘lgan hududlarda , shuningdek, alohida e’tibor talab etiladigan tumanlarda aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, ekologik jihatdan noqulay mintaqalarda yashovchi(Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari, Qoraqalpog‘iston respublikasi) aholi uchun salomatlik poezdlari tashkil etildi.
2017-yil Investitsiya dasturi doirasida519 350 million so‘m miqdorida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish, davolash-profilaktika muassasasi, bolalar tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, qurilish, rekonstruksiya qilish, capital tamirlash va asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlari ko‘zda tutilgan.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tibbiyot sohasini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini yaratish doirasida quyidagilarga to‘xtalib o‘tgan -“ Tibbiy xizmat inson manfaatlarini ta’minlashning muhim omillaridan biridir. Tibbiyot hodimlari uyma-uy yurib, kasalliklarni profilaktika qilishi, sohadagi o‘zgarishlarni odamlar sezishi kerak. Buning uchun shifokorlarning madaniyatini, ma’naviyatini, mas’uliyatini oshirish, ishga va bemorlarga munosabatini o‘zgartirishi zarur” deb ta’kidlab o‘tganlar.
Yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy maydondagi faoliyatini yangi bir pog‘onaga ko‘tarish maqsadida 2004-yil O‘zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, siyosiy partiyalardan vakillik organlari hamda parlament deputatligiga nomzod ko‘rsatish jarayonida xotin-qizlar uchun30 % li kvota joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-son Farmoni 227-bandiga ko‘ra,ayollarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan1500 million so‘m miqdorda mamlakatimizning turli hududlarida yashovchi2 ming nafar ehtiyojmanda oila ayollari elektr maishiy texnika jihozlari berish yo‘li bilan rag‘batlantirildi.14“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirishga oid Davlat dasturida Kompleks tadbirlar ishlab chiqildi. Ularga ko‘ra, 2017-yilda aholiga qishloq joylarida yangi namunaviy lohihalar asosida15000 ming taarzon uy-joylar quriladi. Buning uchun davlat byudjeti va aholining mablag‘lari hamda tijorat banklar kreditlari hisobidan2121526,6 million so‘m sarflandi.
Shaharlarda esa aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash uchun namunaviy loyihalar asosida191 ta arzon va qulay ko‘pqavatli uy quriladi va buning uchun aholi badal mablag‘lari va banklarning897 100 million so‘m kreditlari ajratiladi.
2017-2018-yillar davomida yurtimizda459 ta maktabgacha ta’lim muassasasi capital ta’mirlandiva zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi.
Ta’lim-tarbiya va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini jadal rivojlantirish uchun 2015-2016-yillarda davlat byudjeti jami harajatlarining qariyb 60 %i yo‘naltirildi. Shu jumladan, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishga34,3 % mablag‘ sarflandi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev yoshlarga berilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoniga alohida to‘xtalib, quyidagi fikrlarini bildirganlar - “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektualva ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqiyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, haqiqatdan ham yurtimiz va Yurtboshimiz ta’lim olayotgan yoshlarga to‘la qonli bilim olishi uchun ta’lim muassasalarini qulay shart-sharoitlar bilan ta’minlash, ta’lim jarayoniga ahborot-kommunikatsiya vositalari bilan ishlashni rivojlantirish, ta’lim beruvchi malakali, tajribali mutaxasislarni jalb qilish, bu barcha imkoniyatlar bo‘lajak yurtimiz kelajak istiqbollari, yosh intellectual kadrlar yetishib chiqishi uchundir.

Yüklə 70,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin