Tarixda o'tish davri iqtisodiyotining har xil turlari bo'lganligini bilamiz. Ular o'tish jarayonlari xarakteri va miqyosi bo'yicha
bir-birlaridan ancha farqlanadi:
1.O'tish davri iqtisodiyotining lokal turi.
U qandaydir mintaqa yoki alohida mamlakatning o'tish holati miqyosini
xarakterlaydi. Lokal tur asosida har bir iqtisodiyot rivojlanishining o'ziga xos jihatlari, turli mamlakatlar va mintaqalar
rivojlanishining notekisligi yotadi. Lokal o'tish davri iqtisodiyotida o'tish jarayonlaridagi umumiylik va alohidalik birligi
mujassamlashadi. Angliya, Fransiya va Germaniya mamlakatlarida bozor iqtisodiyoti turli shakllarda va o'ziga xos jihatlar asosida
shakllandi. O'tish davri iqtisodiyoti turlarini miqybslari bo'yicha tasniflashtirishda lokal o'tish davri iqtisodiyoti uning boshlang'ich
turi sifatida tahlil etiladi.
2.O'tish davri iqtisodiyotining global turi.
U o'zida o'z- garishlarning yagona jarayonini, yoki butun dunyo xo'jaligi
miqyosini, yoki sivilizatsiya doirasidagi (Sharq, G'arb) o'z- garishlarni ifodalaydi. Lokal darajadagi o'zgarishlar megaiqtisodiy
o'tish jarayonlarini rivojlanishiga ta'sir qiladi. Bu jarayonda paydo bo'lgan moyilliklar mintaqalardagi jarayonlarga teskari ta'sir
ko'rsatadi. Makroiqtisodiy jarayonlar mustaqil omillar ta'sirida rivojlanadi: xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashuvi,
transnatsiona! korporatsiyalarni paydo bo'lishi, millatlararo ishlab chiqarish va o'zaro almashuvlar.
Dostları ilə paylaş: