Bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari: umumiylik va o'ziga xoslik Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida bir-birlaridan farqlanadigan uchta
mamlakatlar guruhlari shakllandi.
Birinchi guruhga bozor tizimiga o'tishi ko'proq sezilayotgan mamlakatlar kiradi. Ular Polsha, Vengriya, Chexiya,
Slovakiya, Sloveniya, Boltiq bo'yi mamlakatlaridan iboratdir. Ularning bozor iqtisodiyotiga o'tishi nisbatan ko'proq
sezilayotganligiga qator omillar sabab bo'lmoqda: ma'muriy-buyruqbozlik tizimi davrida bozor iqtisodiyoti asoslari
shakllanganligi, G'arbiy Yevropa bilan yaqin aloqalari, tarixan yaqin turishi, xalq xo'jaligini nisbatan
muvozanatlashganligi yoki nomutanosibliklarning nisbatan kamligi, bozor tizimiga o'tish zaruriyati masalasida
aholining barcha qatlamlari o'rtasida o'zaro konsensusning mavjudligi.
Ikkinchi guruhga bozor iqtisodiyotiga o'tish qator mashaqqatli qiyinchiliklar bilan kechayotgan, bu jarayon
birinchi guruh mamlakatlarga nisbatan sekinroq amalga oshayotgan mamlakatlar — Rossiya, aksariyat MDH
mamlakatlari, Bolgariya, Ruminiya, Albaniya, Mo'g'iliston kabilar kiradi. Bu mamlakatlar bozor iqtisodiyotining
barqaror an'analariga ega bo'lmaganligi, ma'muriy- buyruqbozlik tizimini shakllanishi an'anaviy tizimlar asosida
kechganligi bilan ajralib turadi. Bu mamlakatlarda iqtisodiyot tuzilmalaridagi nomutanosibliklar, kuchli
baravarlashtirishga moyilliklar, bozor iqtisodiyotiga o'tish masalasida jamiyatda konsensusning kamligi, rivojlangan
mamlakatlardan nisbatan ajralib turishi, harbiy mojarolar xavfining ko'pligi kabi omillar ularni bozor iqtisodiyotiga
o'tishini qiyinlashtirmoqda.
Uchinchi guruhga Sharqiy Osiyo (Xitoy va Vyetnam) mamlakatlari kirib, ulaiga ma'muriy-buyruqbozlik tizimi
hukmronligi qisqa davrda kechganligi, bozor iqtisodiyotiga o'tish an'anaviy patriarxal tizirri asosida boshlanganligi,
o'tish boshida sanoatining kam rivojlanganligi, jiddiy nomutanosibliklarni yo'qligi, shuningdek avtoritar siyosiy
hokimiyatni saqlab qolganligi, aholi mentaliteti bozor munosabatlarini rivojlanishiga moyilligi kabilar xos edi.