Mustaqillik yillarida qadriyatlarimizning tiklashi Ta’lim sohasida ilk islohatlar


O‘zbekistonda ta’lim sohasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar



Yüklə 26,75 Kb.
səhifə6/6
tarix15.12.2022
ölçüsü26,75 Kb.
#121107
1   2   3   4   5   6
16 mavzu

O‘zbekistonda ta’lim sohasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar


“Istiqlol tufayli odamlarimiz ongu tafakkurida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu jarayonda millat sifatida o‘zlikni anglash, ajdodlar dahosi va zakovatini davom ettirish, milliy fenomen qudratini bor bo‘y-basti bilan jahonga ko‘rsatish maqsadi barcha soha va yo‘nalishlardagi sa’y-harakatlarda o‘z ifodasini topdi. Bunday ezgu intilishlar samarasi o‘laroq butunlay yangi — ruhi va fikri toza avlod dunyoga keldi.”
Mustaqillik yosh avlod hayotiga buyuk kelajak nafasini, ezgu umid va orzular ijobatini olib keldi. Yangi asr avlodiga ajdodlar armonining ushalishi bilan birga beqiyos imkoniyatlar kaliti, yuksak marralar sari dadil qadam tashlash baxti ham nasib etdi.
Bugun qayerga qaramang, o‘zbekistonlik yoshlar erishayotgan yutuqlarni ko‘rishimiz mumkin. Yildan yilga yoshlarimiz, aytaylik, fan olimpidalarida deysizmi, yoki biror bir sport sohasimi, boringki, san’at sohasida ham yuksak marralarni zabt etmoqdalar. Prezidentimiz rahnamoligida ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasi o‘laroq, mustaqillik farzandlari dunyo miqyosidagi turli ko‘rik-tanlov va xalqaro fan olimpiadalarida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. Bu yutuqlar, avvalo, yoshlarning ertaga jamiyatdan munosib o‘rin egallashi uchun hizmat qilsa, boshqalar uchun o‘rnak bo‘ladi.
Avvalo shuni mamnuniyat bilan aytish joizki, bugungi kunda jamiyat ravnaqi, barkamol avlodni tarbiyalashda yetuk insonni shakllantirishda avvalom bor ayollarning o‘rni qanchalar muhim ekanligini Birinchi Prezidentimiz tomonidan ta’kidlanib kelinmoqda.
Yurtimizda barkamol xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ularni iqdidorlarini namoyon qilish va muntazam rag‘batlantirib turish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq 2015-yilda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 14 nafar o‘quvchisi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Umuman, 2000-yildan buyon tizimdagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan jami 95 nafar o‘quvchi qiz ushbu nufuzli mukofotni qo‘lga kiritdi.
Zamonaviy bilim maskanlarida jahon standartlari asosida ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlarimiz xalqaro miqyosda tashkil etilayotgan nufuzli tanlovlar, fan olimpiadalari, musobaqa va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuksak intellektual salohiyati, keng tafakkuri va zehni bilan dunyo ahli havasini uyg‘otmoqda. Jumladan, 2013-yil aprel oyida Toshkent shahrida ilk bor o‘tkazilgan 47-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida o‘zbekistonlik yoshlari ham qatnashib 2 ta oltin, 5 ta kumush, 8 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi va 17 davlat ichida O‘zbekiston bayrog‘ining baland ko‘tarilgani barchamizga faxr-iftixor bag‘ishlaydi.
2016-yil 1–6-mart kunlari Kiprning Protaras shahrida matematika fani bo‘yicha “SEEMOUS” 10-xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. Kipr ta’lim va madaniyat Vazirligi, Matematika jamiyati hamda Janubi-Sharqiy Yevropa Matematika jamiyati tomonidan tashkil etilgan mazkur intellektual bellashuvda yigirmadan ortiq mamlakatdan 43 universitet jamoasining 150 dan ziyod iqtidorli talabalari ishtirok etdi. Tanlovda O‘zbekiston yoshlari ham shohsuppa qatoridan joy olishdi. O‘zbekiston Milliy universitetining mexanika-matematika fakulteti 2-kurs talabalari Hakimboy Egamberganov va Shohruh Ibrohimov bittadan oltin medal, Mirmuhsin Mahmudov maxsus diplom bilan taqdirlandi.
Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida O‘zbekiston jamoasi tarkibida xalqaro fan olimpiadalarida jami 253 nafar o‘quvchi qatnashib, 21 ta oltin, 51 ta kumush, 90 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Yuqorida aytib o‘tilgan fikr-mulohaza, ma’lumotlar O‘zbekistonda qisqa davr ichida ta’lim sohasida yuksak yutuqlarga erishganini ko‘rishimiz mumkin. Kelgusida hukumatimiz tamonidan ta’lim sohasida ilgari suriladigan izchil islohotlar davomli bo‘lishi, biz kabi yoshlarga ilhom baxsh etib, yanada yuksak marralarni zabt etishimizga imkon, zamin yaratib beradi.
Yüklə 26,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin