Mutanosibligi


DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix12.05.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#115824
1   2   3   4   5   6   7
DIS01115-120

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE 

International scientific-online conference

 

 

116 



 

tutgan mavqeini ham aniqlash mumkin. Shuningdek, uslub ijodkorning o‘ziga xos 

betakror badiiy olami bilan tanishtiradi. Frantsuz mutafakkiri Liu Lekler Byuffen 

«Uslub  –  bu  odamning  o‘zi»,  deganda  ana  shu  xususiyatlarni  nazarda  tutgan. 

Shunga ko‘ra,  tarixiy mavzudagi asarlarni  o‘rganish yozuvchining ijodiy shaxsi, 

uslubi va mahoratini belgilash imkonini beradi. 

Ijod  jarayoni  har  bir  ijodkorda  o‘ziga  xos  tarzda  kechadi.  Asar  yozish  paytida 

uning shaxsi, dunyoqaraish, mahorati, ma’naviy-fikriy saviyasi, iqtidori, ijtimoiy 

hayot,  tarixiy  vaziyat,  davr  talabi  hamda  adabiyotning  umumiy  ahvoli  bilan 

chambarchas  bog‘liq  holda  yuzaga  chiqaradi.  Ayni  shu  jarayonda  ijodkorning 

ijodiy  individualligi,  fikrlashining  o‘ziga  xosligi,  ijodiy  jabhaning  tabiatini  ham 

namoyon etadi. 

“Tarixiy mavzuda bitiladigan asarda tarixiy voqelik, obrazli qilib aytganda, go‘yo 

bir  avra  va  astar,  xolos.  Mag‘iz  va  bichim  esa  badiiy  asarga  qo‘yiladigan  bosh 

mezon – badiiylikdir”

2



Har bir ijodkorning o‘z nigohi bo‘ladi. Va u har bir voqea va hodisani mana shu 

nigohi  orqali  ko‘radi.  Tarixiy  mavzuda  asar  yozayotgan  ijodkor  ham  har  bir 

voqeani  o‘z  nigohi  bilan  ko‘radi  va  baholaydi.  Bu  “nigoh”  yozuvchi  o‘z  oldiga 

qo‘ygan maqsadi, asarning kontsepsiyasidan kelib chiqadi. 

Tarixiy  mavzudagi  she’rlarda  mavjud  tarixiy  haqiqatni  badiiy  to‘qimaga 

aylantirish  jarayoni  o‘zgacha  amalga  oshirilidi.  Bunda  badiiy  tasvir  vositalari 

nasriy  asarga  nisbatan  ko‘proq  qo‘llaniladi.  Shuningdek,  ramzlar,  istioralardan 

ham ko‘p foydalaniladi. 

Abduvali  Qutbiddinning  “Samarqand”  deb  nomlangan  she’rini  olaylik.  Ushbu 

she’rda ushbu qadimiy shaharning o‘ziga xos jihatlari tavsiflanishi kerak. Lekin 

shoir o‘zgacha tavsiflardan foydalanadi: 

Novvoyxona tomidan balandroqda 

Bulut qo‘nishdi, 

Katta patir bo‘ldi Darg‘om tepasida, 

Afrosiyob xarobalari yonida

Alp yumshoq bulutni ushladi

Burdalab uloqtirdi Zarafshonga... 

“Samarqand sayqaldir ro‘yi zaminga...”

3

 

                                                



2

 

http://uchildiz.uz/

 tarixiy-haqiqat-badiiy-to‘qima-va-uydirma/

Risolat Haydarova

 

 

 



 

3

 Abduvali Qutbiddin. Bor. G‘afur G‘ulom nomli nashriyot-matbaa ijodiy uyi. – T., 2011. 291-bet.  





Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin