Mutaxasislikka kirish moduli bo‘yicha o‘quv– uslubiy majmua



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə21/26
tarix08.09.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#128858
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Mutaxasislikka kirish moduli bo‘yicha o‘quv– uslubiy majmua internet

Maktabgacha bolalik

Bolaning tug‘ilganidan to maktabga borguncha bo‘lgan rivojlanish davri; bola organizmining jadal voyaga yetishi va ruhiyatining shakllanishi bilan belgilanadi.

Maktabgacha yosh



Bolaning ruhiy rivojlanish bosqichi. Bola rivojlanishining hozirgi zamon milliy davrlashtirilishi bo‘yicha 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davri.

Maktabgacha yoshdagi bola kompetentligi

Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining asosiy xarakteristikasi. Kommunikativ, ijtimoiy, intellektual kompetentlikni hamda jismoniy rivojlanish borasidagi kompetentlikni o‘z ichiga oladi. Kommunikativ kompetentlik bolaning o‘z istaklari, niyatlarini nutqiy va nutqiy bo‘lmagan (imo-ishora, mimik va pantomimik) vositalar yordamida erkin ifoda etishida namoyon bo‘ladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari

Turli yo‘nalishdagi maktabgacha ta’lim dasturlarini amalga oshiradigan ta’lim muassasasi. Ularda 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning tarbiyasi, ta’limi, parvarishi va sog‘lomlashtirilishi ta’minlanadi. Yo‘nalishiga ko‘ra maktabgacha ta’lim muassasasi quyidagi turlarga bo‘linadi: umumiy tipdagi MTM, tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari mavjud bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus MTMlar va surunkali kasalliklar bilan og‘rigan bolalar uchun sanatoriya tipdagi MTMlar.

Maktabgacha ta’lim muassasalarning vazifalari

Ushbu muassasalarning vazifalari: bolalar hayotining muhofazasini, ularning intellektual, jismoniy va shaxs sifatidagi rivojlanishini ta’minlash uchun uning oilasi bilan aloqa o‘rnatish.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin