Modulni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar Boshlangich ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari moduli nazariy mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi.
Nazariy mashg‘ulotlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’ruzalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlardagi Boshlangich ta’lim sohasidagi dolzarb muammolar va tizim faoliyatini tubdan yaxshilashga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyatini singdirishdan iborat.
Mashg‘ulotlarda texnik vositalardan, ekspress-so‘rovlar, “SWOT-tahlil” yoki “FSMU” metodlari bilan ishlash va boshqa interaktiv ta’lim usullaridan foydalanish nazarda tutiladi.
Modulning o‘quv rejadagi boshqa bloklar bilan bog‘liqligi va uzviyligi Modul mazmuni o‘quv rejadagi “Boshlangich ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslari” modul bilan uzviy bog‘langan holda tarbiyachilarning kasbiy pedagogik tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi
Modulning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi Mazkur modul “Ilg‘or ta’lim-tarbiya texnologiyalari va pedagogik mahorat”, “Ta’lim jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash” va “Mutaxassislik fanlari” bloklaridan avval o‘rganiladi. Unda keyin o‘rganiladigan bloklarning mazmun yo‘nalishlarni va g‘oyaviy jihatlarini maktabgacha ta’limga tatbiq etish imkoniyatlarni ochib beradi.
Modulning ta’limdagi o‘rni Tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktabgacha ta’lim sohasidagi dolzarb muammolar va tizim faoliyatini tubdan yaxshilashga qaratilgan islohotlarning siyosiy hamda huquqiy asoslarini o‘rgatish hamda amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ta’lim samaradorligini ta’minlashdan iborat.
NAZARIY MAShG‘ULOTLAR MAZMUNI 1-MODUL: TA’LIMNI TASHKIL ETISH MASALALARI. 1-mavzu. Kredit modul tizimiga kirish Kredit modul tizimi haqida tushuncha.