14-mavzu. Ona tilidan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi mazmuni. Ona tili ta’limi orqali o‘quvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish usullari. Nutqiy kompetensiyalar va lingvistik kompetensiyalarga DTSda qo‘yiladigan ta lablar.
15-mavzu. Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishda ona tilini o‘rgatishning ahamiyati.
Savod o‘rgatish metodikasi. Savod o‘rgatish metodikasining maqsad va vazifalari. Savod o‘rgatishda qo‘llanadigan metodlar. Savod o‘rgatish jarayoni bosqichlari.
Ona tilini o‘rgatishning lingvistik asoslari. Boshlang‘ich ta’limda ona tilini o‘rgatishning mazmuni va vazifalari.
16-mavzu. O‘quvchilarda grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari. So‘z turkumlarining leksik va grammatik ma’nosi ustida ishlash. Grammatik tushunchaning mohiyati va uni kichik yoshdagi o‘quvchilar o‘zlashtirishidagi qiyinchiliklar.
Otni o‘rganish metodikasi. Boshlang‘ich sinflarda otni o‘rganish tizimi. Sifatni o‘rganish metodikasi. So‘z turkumlarini leksik va grammatik ma’nosi ustida ishlash. Sonni o‘rganish metodikasi. Olmoshni o‘tish metodikasi. Fe’lni o‘rganish metodikasi.
17-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda sintaktik tushunchalar ustida ishlash. Boshlang‘ich sinflarda sintaktik tushunchalar ustida ishlash So‘z birikmasi va gap ustida ishlash. Materiallarni sinflarga joylashtirish tizimi. O‘quvchilarda asosiy sintaktik tushunchalarni shakllantirishning shart-sharoitlari.
So‘z birikmasi va gap ustida ishlash. O‘quvchilarda asosiy sintaktik tushunchalarni shakllantirishning shart-sharoitlari.
18-mavzu. Kichik yoshdagi o‘quvchilar nutqini o‘stirish yo‘llari va vazifalari. Kitobxonlik faoliyatini shakllantirish Nutq va uni o‘stirish tushunchasi. O‘quvchilar nutqiga qo‘yilgan talablar.
O‘qish malakasi haqida tushuncha. Badiiy asarni tahlil qilishning adabiy asoslari. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy idrok etishdagi psixologik xususiyatlari.