Muassasa balansida turgan asosiy vositalar majmui (bino, hovli, qo‘shimcha qurilmalar, kommunikatsiya, yumshoq va qattiq jihozlar).
Maktabgacha ta’lim muassasasining rivojlanish kompetensiyasi
Maktabgacha ta’lim muassasasining kelgusidagi rivojini belgilab beradigan bosh g‘oya; innovatsion jarayonlar natijasida uning yangilanishiga qaratilgan chora -tadbirlar majmuini amalga oshirishning yetakchi tamoyili.
Milliy ana’nalar
Millat hayotining turli sohalarida namoyon bo‘ladigan tushunchalar, belgilar, xususiyatlar, qadriyatlar, faoliyat turlari, odatlar va hislatlarning avloddan avlodga o‘tishi hamda meros bo‘lib qolishini ifodalovchi tushuncha.
Oilaviy muhit
Oilaviy munosabatlar, tarbiyaviy jarayonlar kechadigan ijtimoiy- ma’naviy, axloqiy muhitni ifodalovchi tushuncha. Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyati, dunyo qarashi, tasavvur va e’tiqodini shakllantirish hamda yuksaltirishda oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Inson qalbi va ongidagi eng sof, pokiza tuyg‘ular, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlar, eng avvalo oila bag‘rida shakllanadi.
Oliy ta’lim
Turli oliy dargohlarda oliy malakali mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlari tomonidan xalq xo‘jaligi, fan va madaniyatning turli sohalari bo‘yicha oliy malakali mutaxassis bo‘lishni istagan, o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limini olgan hamda tegishli talablarni bajargan kishilarga ilmiy nazariy bilim berish hamda muayyan ko‘nikmalarni shakllantirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.