Registrlar deb, raqamli axborotni qabul qilish, xotirada saqlash, uni uzatish va shu axborotni kodini o'zgartiradigan qurilmaga aytiladi. Registr inglizcha so'zdan olingan bo'lib, yozuv jurnali (Jurnal registratsiy) degan ma'noni anglatadi. Registrda axborot 0 va 1 raqamlarining kombinatsiyasidan iborat sonlar ko'rinishida saqlanadi. Registrlar triger deb, ataluvchi mantiqiy elementlar to'plamidan tashkil topgan va ularning soni mashina so'zining razryadlar soniga teng bo'ladi.
Axborotdagi ikkilik kodning har bir razryadiga registrning bitta mos razryadi to'g'ri keladi.
Registrlar axborotni yozish usuliga qarab ketma-ket va paralel registrlarga bo'linadi. Registrda axborotni qabul qilish, siljitish va uzatish boshqaruvchi impulslar yordamida amalga oshiriladi. Boshqaruvchi impulsli signallar konyuktorlar orqali registrlarga tushadi. Registrlar axborotni uzatish usuliga qarab 2 turga bo'linadi: xotira (siljitmaydigan) registr; siljituvchi registr. Siljituvchi registrlarni ko'ramiz. Siljituvchi registr deb, boshqaruvchi taktli impuls ta'sirida ikkilik soni kodini bir yoki bir necha razryad o'ngga yoki chapga siljitadigan registrga aytiladi. Razryad setkasidan chiqib ketgan son yo'qoladi. Siljituvchi registrlar arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun ham qo'llaniladi. Qo'shni razryadli triggerlar orasiga kechiktiruvchi elementlar ulanadi. Katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga ulangan. Son registrga 2 usulda yozilishi mumkin. Parallel kodlarda; Ketma - ket kodlarda. Ketma - ket kodlar bilan sonni yozishda katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga soni kichik razryaddan boshlab ketma - ket kodli signal impulsi ko'rinishida beriladi. Har bir razryad yozilgandan keyin siljituvchi impuls beriladi. Ko'pincha EHM larda zahira siljituvchi registrlar ham ko'p qo'llaniladi. Hozirgi paytda registrlar integral mikrosxema ko'rinishda ishlab chiqarilmokda. Trigerlar, xotira va arifmetik qurilmaning asosiy elementi hisoblanadi. U 2 ta turg'un holatga ega bo'lgan elektron qurilmadir. U ikki kaskadli simmetrik qarshilikli kuchaytirgichdan iborat bo'lib kaskadlar orasida 100 % li musbat teskari bog'lanishi amalga oshirilgan.
Hisoblash texnikasida trigerlar xotira qurilmasi sifatida qo'llaniladi. Trigger kirishiga beriladigan boshqaruvchi signal ta'sirida u bir turg'un holidan ikkinchi turg'un holatga o'tadi. Uning bitta turg'un holati mantiqiy 1 deb, ikkinchisi 0 deb qabul qilinadi.
Parallel va ketma-ketli registrlar. Oldin keltirib o'tkanimizdek, registr kombinatsion turdagi raqamli qurilma bo'lib, ko'p razryadli ikkilik sonlar ko'rinishidagi ma'lumotlarni eslab qolish va vaqtincha xotirada saqlash uchun ishlatiladi. Registr ikkilik razryad sonlarga teng miqdordagi triggerlar majmuasidan iborat. Chapga va o'nga siljituvchi registrlar mavjud. Siljitish registrlari ma'lumotni ketma-ket qabul qiladi. Agar bit ko'rinishidagi ma'lumotlar guruhi ketma-ketligini takt impulslari komandasiga ko'ra siljitish registrlari kirishlariga berilsa, u holda registrni bir-nechta siljitish amallari bilan yuklash mumkin. Xuddi shunday usulda registrdagi ma'lumotlarni undan chiqarib yuborish mumkin.