Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali


Yorugiik nurlanishini optik tolaga kiritish va undan chiqarish qurilmalari



Yüklə 496,02 Kb.
səhifə3/5
tarix21.12.2022
ölçüsü496,02 Kb.
#121580
1   2   3   4   5
Ro\'zimbayev Izzatbek Otabek O\'g\'li 931-19[1]

1.2

Yorugiik nurlanishini optik tolaga kiritish va undan chiqarish qurilmalari.

Optik tolalarni funksional qurilmalar bilan o‘zaro ishonchii ulash tolali optik aloqa liniyalarini tashkil etishning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Optik ulagich optik aloqa liniya traktining turli komponentalarini ulash uchun mo'ljallangan qurilma bo‘lib, undan uzatuvchi va qabul qiluvchi optoelektron modullarni optik kabel tolalari bilan, shuningdek, kabelning qurilish uzunliklarini bir-biri ulash uchun foydalaniladi. Optik ulagichlarning ikki — ajralmaydigan va ajraladigan turlari mavjud. Ajralmaydigan optik ulagichlar kabel tizimlarini doimiy montaj qilish joylarida qo'llaniladi va bu turdagi ulash optik tolalarni o‘Zaro payvandlash usuli bilan amalga oshiriladi. Ajraladigan optik ulagichlar (ularni ko'pincha konnektor deb ham ataladi) optik aloqa 214 www.ziyouz.com kutubxonasi liniyalari komponentalarini ko‘p martalab ulash/ajratish uchun ishlatiladi. Amaliyotda ajraladigan optik ulagichlar optik kabelning ikki uchini uzatuvchi va qabul qiluvchi optoelektron modullarning asosiy elem entlari — yorug‘lik manbayi va fotoqabulqilgichlar bilan ulashda, ajralmaydigan optik ulagichlar esa optik tolaning oraliq bo'laklarini ulashda qo'llaniladi. Buning sababi shundaki, ajralmaydigan optik ulagichlarda ular tomonidan kiritiluvchi yo‘qotishlar sathi nisbatan past bo‘lib, uning son qiymati 0,04 dB ni tashkil etadi. Bundan tashqari, ajralmaydigan optik ulagichlar ulanishlarda aniq doimiylikni ta'minlaydi. Ajraladigan optik ulagichlarda esa kiritiluvchi yo'qotishlar sathi nisbatan katta bo‘ladi. Bu turdagi optik ulagichlardan, yuqorida qayd etilganidek, bir necha va ko'plab marta ulash-ajratish taqozo etiladigan hollarda, masalan, kommutatsiya panellarida yoki optik kanallarni krosslash maqsadlarida foydalaniiadi. Agar biz ulovchi qurilmani almashtirishni istasak, unda buni ajralmaydigan optik ulagichlarga qaraganda ajraladigan optik ulagichlar orqali amalga oshirish qulay.

Yüklə 496,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin