Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali


Optik tarmoqlagichlar: daraxtsimon va yulduzsimon I tarmoqlagichlar, shahoblagich



Yüklə 496,02 Kb.
səhifə5/5
tarix21.12.2022
ölçüsü496,02 Kb.
#121580
1   2   3   4   5
Ro\'zimbayev Izzatbek Otabek O\'g\'li 931-19[1]

1.4

Optik tarmoqlagichlar: daraxtsimon va yulduzsimon I tarmoqlagichlar, shahoblagich.

Optik tarmoqlagich (coupler)lar tolali optik tizimlarning eng 1 muhim passiv elementlaridan biri hisoblanadi. Ulardan yorugflik oqimlarini bir necha yo'nalishlarga ajratish yoki bir necha oqimlarni bitta yo'nalishga birlashtirish maqsadida foydalaniladi. Odatda, bitta 1 optik kirish va bir necha optik chiqishdan iborat tarmoqlagich ] qurilmani splitter deb, ikki yoki undan ortiq optik kirishga va bitta optik chiqishga ega bo'lgan tarmoqlagich qurilma esa kombayner (combiner) deb yuritiladi. Splitterlarda yorugflik oqimini ikki yoki undan ortiq qurilmalar va foydalanuvchilarga taqsimlash, kombaynerlardan esa, aksincha, bir necha qurilmalar va foydalanuvchilardan kelayotgan nurlanish oqimini bitta yo'nalish bo‘yicha yig'ish maqsadlarida foydalaniladi. Tarmoqlagichlar kabelli televideniyening taqsimlangan tolalikoaksiai tarmoqlarini qurishda, shuningdek, davlatlararo to'liq optik .tarmoqlarni loyihalashtirishda keng qofllaniladi. Ikkala holda ham tarmoqlagichlar qo'llanilmaganda tarmoq juda qimmatga tushardi. Tarmoqlagichlar tuzihsh xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi: — daraxtsimon tuzilishli tarmoqlagichlar; — shahoblagichlar; — yulduzsimon tuzilishli tarmoqlagichlar. Daraxtsimon tuzilishli tarmoqlagich (tree coupler) yoki Yturdagi tarmoqlagich bitta optik kirish va ikki yoki undan ortiq optik chiqishga ega boflgan qurilma bo‘lib, u yorugflik oqimini bir necha tarmoqqa taqsimlash uchun qofllaniladi (7.6-a rasm). Odatda, daraxtsimon tarmoqlagichlarda quw at barcha chiqishlar orasida teng taqsim lanadi. Daraxtsim on tarm oqlagichlarning hozirgi namunalarida optik chiqishlar soni 2 tadan 32 tagacha bo'lishi m um kin. K o‘pgina daraxtsim on tarm oqlagichlardan optik signallar oqimlarini bitta oqimga birlashtirish uchun ham foydalaniladi. Shahoblagich (tap) daraxtsimon tarmoqlagichning bir turi bo‘lib, undan kirishdagi optik quwatni bir necha chiqishlarga notekis taqsimlash uchun foydalaniladi (7.6-b rasm). Shahoblagichlarning 1x2, 1x3, 1x4, 1x5, 1x6, 1x8, 1x16, 1x32 tuzilishli turlari mavjud. Bu turdagi tarmoqlagichlarda chiqish optik quwatining katta ulushi magistral kanalda qoldirilgan holda, uning ma’lum bir ulushi (50 foizdan kami) quyi tartibli kanal yoki kanallarga uzatiladi. Qurilmaning optik chiqishlari nurlanish quwatining kamayishi tartibida raqamlanadi. Optik tarmoqlagichlar selektiv-yomg‘lik to'lqin uzunligiga sezgir va aksincha, noselektiv-yorug'lik to‘lqin uzunligiga nosezgir bo'lishi mumkin. Yuqorida ko'rib chiqilgan optik tarmoqlagichlar noselektiv qurilmalar sirasiga kiradi. Yulduzsimon tuzilishli yoki X tusdagi tarmoqlagich (star coupler). Bu turdagi tarmoqlagichlarning o ‘ziga xos xususiyati shundaki, uning optik kirishlari va chiqishlari soni bir xil bo‘ladi (7.6-d rasm). Optik signal n ta kirishlardan biriga kirib, n ta chiqishlar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Bugungi kunda 2x2 va 4x4 tuzilishli yulduzsimon tarmoqlagichlar keng tarqalgan. Chalkashtirib yubormaslik uchun optik kirishlar lotin harflari bilan, optik chiqishlar esa raqamlar bilan belgilanadi. Yulduzsimon tarmoqlagichlar optik quwatni barcha chiqishlar o‘rtasida teng taqsimlaydi. 7.7-rasmda daraxtsimon yoki Y-tusdagi tarmoqlagichlarning tuzilish sxemasi keltirilgan. Bu turdadi tarmoqlagichlar aksari ko'pchilik hollarda nurlanish quwatini ikkiga bo'lish uchun ishlatiladi (bunda ajratilgan nurlanish quwatlari o'zaro teng bo‘lmasliklari mumkin). Shu sababdan ularni ajratuvchi elementlar yoki ajratkichlar deb ham ataladi. Ajratkichlardan ko‘p kanalli optik tizimlarni tuzish va turli xil interferometrlar tayyorlash chog‘ida negiz element sifatida foydalaniladi.
Tarmoqlagichlar kabelli televideniyening taqsimlangan tolalikoaksiai tarmoqlarini qurishda, shuningdek, davlatlararo to'liq optik .tarmoqlarni loyihalashtirishda keng qofllaniladi. Ikkala holda ham tarmoqlagichlar qo'llanilmaganda tarmoq juda qimmatga tushardi. Tarmoqlagichlar tuzihsh xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi: — daraxtsimon tuzilishli tarmoqlagichlar; — shahoblagichlar; — yulduzsimon tuzilishli tarmoqlagichlar.


Nurlanishni optik tolaga kiritish va uni qaytadan chiqarishning samaradorligini oshirish uchun tuzilish sxemasi 7.8-rasm da keltirilgan nosim m etrik tuzilishli 7-tusdagi tarm oqlagichdan foydalanish mumkin.

Taglik (D )da konussimon tuzilishga ega boTgan (2) tola (tarmoqlagichning (1) yon yelkasi), konussimon tuzilishli (3) tola (tarmoqlagichning (2) yon yelkasi) va silindrik tuzihshli (4) tola (tarmoqlagichning umumiy yelkasi) mahkamlangan. Uchta tolaning uchrashish nuqtasi taglik teshigi (1) ning markazida joylashgan. Bu nuqtada ular bir-biri bilan qotgan holdagi sindirish ko'rsatkichi 1- , 2-, 3- tolalar o‘zaklarining sindirish ko'rsatkichiga yaqin boTgan maxsus yelim bilan ulanadi. Diametri 2 mm boTgan teshikka yaqin joyda yuqorida sanab o‘tilgan tolalarning uchlaridan yemirish yoTi bilan qaytaruvchi qobiqlar olib tashlanadi. Nurlanish kichik diametrli (d2) 2-tolaning uchidan kiritiladi. Tolaning katta diametrli chiqish uchi, sxemada ko‘rsatilganidek, 3- va 4- tolalarning uchlari bilan biriktiriladi. Konussimon tuzilishga ega boTgan 2-tolaning yig‘uvchi ta’siri tufayh nurlanishning uning chiqishidagi tarqalish darajasi kamayadi, natijada u qotib qolgan yelim hosil qilgan konussimon qatlamning ichki sirtiga burchak ostida tushadi va bunda toTa ichki qaytish hodisasi ro‘y beradi. Shunday qilib, nurlanish kichik diametrli 4-tolaning uchiga kiradi va shu sababdan 3-tolaga uning katta qismi qaytadi. Yuqorida tafsivlangan tarmoqlagichdagi yo‘qotishlar quyidagi qiymatlarga ega:
nurlanish quwatini 2-toladan umumiy yelka — 4-tolaga uzatishda 1,5 dB, 4-toladan 3-tolaga uzatishda 2 dB, 2- va 3- tolalarning ajratilganlik darajasi 40 dB. yulduzsimon tuzilishli yoki X-tusdagi tarmoqlagichning tuzilish sxemasi ko‘rsatilgan. Bu holda tarmoqlovchi element optik tolaning ikkita alohida bo‘lagidan tayyorlanadi. Bu tolalarning har birida m a’lum L uzunlikdagi ishchi qobiqning bir qismi yedirilib yoki yemirilib, so‘ng ikkala tola maxsus apparat yordamida kavsharlanadi. Bunday texnologik jarayon natijasida tolalarning o‘zaklari L uzunlikda o‘zaro parallel holda joylashadi. Optik tola o‘zaklarining markazlari orasidagi masofa (H) va L uzunlikka bog‘liq ravishda o ‘zaro ta’sirlashuv yuz beradi. Chunonchi, A nuqtadan B nuqta tomon ma’lum masofada Bi yorug'lik uzatkichining modalar energiyasi B2 yorug‘lik uzatkichiga o‘tadi. Shundan keyingi tarqalish chog‘ida u yana Bi yorug‘lik uzatkichiga qaytadi. Muayyan oraliq — L masofada nurlanish quwati ikkala kanal bo‘yicha teng ikkiga bo‘linadi. (L kattalik H oraliqning 0‘lchamlariga va nurlanishning to‘lqin uzunligiga bog'liq). Aksari ko‘pchilik hollarda 2f-tusdagi tarmoqlagichlar xuddi shu maqsadda tayyorlanadi. Biroq aloqa kanal parametrlarini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan qurilmalarda tarmoqlash koeffitsiyenti 10 foizdan kichik bo‘lgan 2f-tusdagi tarmoqlagichlardan ham foydalaniladi


Xulosa
Ushbu kurs ishini bajarish davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi .

1. Optik aloqa tizimlarining asosiy parametrlari.


2. Passiv optik qurilmalarning asosiy parametrlari .
3. Optik tarmoqlagichlar
Hozirgi vaqtda dunyoning barcha taraqqiy etgan mamlakatlarida optik aloqa tizimlari, xususan, tolali optik aloqa tizimlarini takomillashtirish, ulardan axborotlar oqimini uzatish va ularga ishlov berish tarmoqlarida foydalanish samaradorligini oshirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.
Men ushbu individual loyiha ishimda zamonaviy tolali optik aloqa tizimlarida va bu tizimlarni tekshirish va nazorat qilish uchun ishlatiladigan oichov texnikasida diskret tuzilishli turli xil passiv optik elementlardan qanday tarzda tog’ri foydalanish kerak ligi haqida ma’lumotlar keltirib o’tdim va optik tolalarni funksional qurilmalar bilan o‘zaro ishonchii ulash tolali optik aloqa liniyalarini tashkil etishning eng muhim parametrlari keltirib o’tildi.

FОYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR


  1. David Salomon The Computer Graphics Manual Springer-Verlag London Limited New York, 2011



  1. Назиров Ш.А., Нуралиев Ф.М, Тиллаева М.А. Расулбаев М.М. Вектор графикаси билан ишлаш, Тошкент, 2012


3. Nig‘matilla YUNUSOV Rixsi ISAYEV Gulnora Xasanovna MIRAZIMOVA OPTIK ALOQA ASOSLARI
Yüklə 496,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin