Routing Routing loyihangizga kelgan so'rov urlni qayta ishlovchi mehanizm hisoblanib kelgan urlga mos kodni bajarilishni taminlaydi Boshqacha qilib aytsak URL Maping bilan shug'ulanadi. ASP.NET Core MVC da har bir routeni nomi bo'ladi. Dastlab default(birinchi tanlangan yoki standart) route ga yo'naltiriladi. Routing orqali loyihangiz tushunarli va qidirishga oson urllarga ega bo'ladi. Routing Template Syntax yordamida o'zingizga qulay ko'rnishdagi standart yoki ixtiyoriy qiymatlarga ega bo'lgan routing shablonini yasashingiz mumkin.
app.UseEndpoints(endpoints =>
{
endpoints.MapControllerRoute(
name: "default",
pattern: "{controller=Home}/{action=Index}/{id?}");
});
Model binding
editing....
Loyiha strukturasi Temur G'aniyev, Ravshan Sodiqov
ASP.NET Core .NET ning dinamik veb saytlarni qurishda mo’ljallangan frameworki hisoblansa, ASP.NET Core MVC esa mana shu dinamik veb saytlarning arxitekturasi hisoblanadi. Ushbu MVC arxitekturasi veb saytni asosiy uch qismga ajratgan holda qurish imkonini beradi:
Models
Views
Controllers
Loyiha yaratish uchun dastlab D: diskda dotnetuz nomli papka yaratamiz so'ng va bu papkani vs code dasturi orqali kiramiz. MVC turidagi loyiha yaratish uchun terminalga kirib ( ctrl + ` ) ushbu kommandalarni kiritamiz:
dotnet new mvc
Natijada ushbu loyiha shabloni dotnet tomonidan yaratilib beriladi.
Umuman olganda, loyihani ikki xil yo'l bilan yaratish mumkin:
dotnet new mvc - da loyiha joylashgan papka nomi bilan ataladi;
dotnet new mvc -o - da papka ichida boshqa nom ostida loyiha yaratish mumkin.
Loyihamiz quyidagi papkalardan tashkil topadi:
/Controllers papkasi- Controller sinfdan voris olgan barcha controllerlarni saqlaydi.
/Models papkasi- C# sinflaridan iborat bo'lgan modellarni o'zida saqlaydi.
appsettings.json- barcha muhitlar uchun dastlabki sozlarmalar joylashadiga fayl.
appsettings.{Muhit_nomi}.json- faqat {Muhit_nomi} da ko'rsatilgan muhit uchun sozlamalar.
{loyiha_nomi}.csproj- Loyihaning asosiy sozlamalar fayli.
Program.cs- Dastlabki ishga tushuvchi fayl.
Startup.cs- MVC loyihaning service larni, middleware larni va asosiy sozlamalarni o'zida jamlovchi Program.cs fayl tomonidan chaqiriluvchi fayli.
DIQQAT ! .NET 5 muhitida yaratiladigan ASP.NET Core MVC loyihalarida loyiha uchun talab qilinadigan xizmatlar sozlamalari Startup.cs faylida, dasturni ishga tushirish kodi esa Program.cs faylida saqlanardi. .NET 6 da esa ushbu ikki fayl yagona Program.cs faylida saqlanadi.