O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI
N.Bozorboev, X.I. Yusupov, R.A. Narov, A.M. Ilmuradov,
V. Rasulov, B.T. Xushnazarov, F.N. Bozorboev, A.T.Ilyasov
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
2-qism
Fanidan darslik
Bakalavriaturaning 340000 - “Arxitektura va qurilish” ta’lim sohasi bo‘yicha 5340200 - Bino va inshootlar qurilishi, 5340900 - Ko‘chmas mulk ekspertizasi va
uni boshkarish yunalishlari uchun;
110000 - “Pedagogika” ta’lim sohasi bo‘yicha 5111000 - Kasb ta’limi (Bino va inshootlar qurilishi), yunalishi uchun;
610000 - “Xizmat ko‘rsatish sohasi” ta’lim sohasi bo‘yicha 5610100 - Xizmatlar sohasi (Uy-joy va kommunal, maishiy xizmatlar) yunalishi uchun.
Toshkent -2014
Taqrizchilar:
Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti “Bino va sanoat inshootlari qurilishi” kafedrasi dotsenti, t.f.n., Maxamataliev E. M.; Toshkent arxitektura-quri- lish instituti “Bino va inshootlar “ kafedrasi mudiri, t.f.n., dots. Sayfiddinov S.S.
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi: Qurilish oliy o‘quv yurtlari uchun darslik (2-qism) /N.Bozorboev,X.I. Yusupov, R.A. Narov, A.M. Ilmuradov,V. Rasulov, B.T. Xushnazarov, F.N. Bozorboev, A.T.Ilyasov va boshqalar. - Toshkent.: ( nashriyot),2014y- 150b;
Darslik ikki qismdan iborat bo‘lib, ushbu ikkinchi qismida bino va inshootlarni yig‘ma konstruksiyalardan barpo etish ( qolgan qismi); binolarni monolit temirbetondan barpo etish; ishlab chiqarishning tabiiy-noqulay sharoitlarida bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi yoritilgan.
SO‘Z BOSHI
Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan qurilish strukturasida muhim o‘zgarishlar bo‘layapti. Bu ishlab chiqarishga mo‘ljallanmagan ob’yektlar miqdori oshishida, bino, inshootlar va shahar mikrorayonlarining rekonstruksiya hajmlarining o‘sishida, hamda ish sifatiga, atrof muhitni himoyasiga, ob’yekt qurilishini investitsion sikli davomiyligiga qo‘yilayotgan talablarda namoyon bo‘layapti. Qurilish ishtirokchilari o‘rtasida yangi munosabatlar va raqobat elementlari paydo bo‘layapti. Narxlar, ish haqi va resurs iste’moli miqyosi keskin o‘zgarayapti.
Quruvchilarni bozor iqtisodiyoti davrida qabul qilgan tashkiliy-texnologik va boshqaruv bo‘yicha qabul qilinayotgan qarorlarining natijasi juda sezilarli bo‘lmoqda. Bo‘layotgan o‘zgarishlar tashkiliy-texnologik tayyorlov, loyihalash, qurilish ob’yektidagi texnologik jarayonlarini shakllanishi va boshqarilishi tizimidagi yangi holatlarni aks ettirishi kerak. Bu o‘zgarishlar qurilish tarmog‘iga mutaxassislar tayyorlashda ham e’tiborga olinishi lozim.
Bu yerda zamonaviy o‘quv-uslubiy adabiyotlarning mavjudligi, uning yangilanishi va mukammallanishi muhim ahamiyatga ega. Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratilishidagi asosiy prinsiplardan biri o‘quv materialini bayon etish va fanning tashkiliy -texnologik siklini urganishda sistemalilik va izchillikdir.
“Bino va inshootlar qurilishi” yunalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavrlar “qurilish texnologiyalari” deb o‘mumiy nomga ega, ketma-ket o‘tiladigan fanlarni o‘rganadilar. Bunga qurilish konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasi, qurilish jarayonlari texnologiyasi, bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi va qurilishni tashkil etish va rejalashtirish fanlari kiradi. Oldin bu qurilish texnologiyasiga mansub o‘tiladigan fanlar yagona majmuaning bosqichlari sifatida ko‘rilmagan va bu o‘tiladigan fanlarda izchillik prinsipiga u qadar amal qilinmagan.
Mualliflar tomonidan yozilgan ushbu darslik “Qurilish texnologiyalari” rubrikasiga kiruvchi kitobdir. Bu kitob nafaqat qurilish yunalishlaridagi bakalavrlarga, shuningdek magistrlarga, quruvchilarga va ilmiy xodimlarga muljallangan.
Mualliflar Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti “Bino va sanoat inshootlari qurilishi” kafedrasi dotsenti, t.f.n., Maxamataliev E. M.; Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Bino va inshootlar “ kafedrasi mudiri, t.f.n., dots. Sayfiddinov S.S.ga qo‘lyozmaga taqriz yozganliklari uchun cheksiz minnatdorchiliklarini bildiradilar.
Mualliflar
KIRISH
Jamiyat taraqqiyotida qurilish asosiy ishlab chiqarish sohalaridan biridir. Qurilish ishlab chiqarishining natijasida, tugallangan qurilish mahsuloti - funksional mo‘ljalga ega bo‘lgan bino va inshootlar yaratiladi. Bino va inshootlar konstruksiyalarining xilma-xilligi keng miqyosda qurilish texnologiyalarining yaratilishi va qo‘llanilishini taqoza qiladi.Har bir qurilish texnologiyasining yetakchi elementi bu - qurilish jarayonidir.
Qurilish jarayonlarining nazariy va amaliy asoslari “Qurilish jarayonlari texnologiyasi“ fanida o‘rganiladi. Qurilish texnologiyalarining tarkibi va strukturasi “ Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi” fanida ko‘rib chiqiladi. Bu fanni o‘rganish qurilish materiallari va buyumlari, bino va inshootlarning arxitektura-rejaviy yechimlari, konstruktiv tizimlari, qurilishni tashkil etish va boshqarish, qurilish mashinalari, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi sohalarida o‘rganilgan ilmlarga asoslanadi.
“Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi” fanida o‘rganiladigan qurilish texnologiyalari o‘z ichiga bino va inshootlarni yig‘ma, monolit, yig‘ma- monolit va g‘isht konstruksiyalardan barpo etishdagi texnologiyalarini oladi. Qurilish ishlab chiqarish texnologiyalarining soni ko‘p, ular doimo yangilanib, taraqqiylashib rivojlanmoqda. Qurilish texnologiyalari mukammallanishining asosiy yo‘nalishlari resurstejamkorlik, qurilish texnologiyalarini moslashuvchanlik darajasini oshirish, ularning xavfsizligi, sifati, atrof-tabiat va ijtimoiy muhitga bo‘ladigan ta’sirlarni kamaytirishdan iboratdir
Bu darslikning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, unda zamonaviy bino va inshootlarni barpo etishning keng ko‘lamdagi sharoitlari ko‘rib chiqilgan. SHuningdek, zamonaviy qolip turlari va sistemalarining qo‘llanilishiga keng e’tibor qaratilgan.
Ushbu darslikda “Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi” o‘quv kursining asosiy beshta bo‘limi ketma-ket ko‘rib chiqilgan: qurilish
5
texnologiyalarining asosiy qoidalari; bino va inshootlarni yer osti qismini barpo etishning o‘ziga xos xususiyatlari; bino va inshootlarni yig‘ma konstruksiyalardan barpo etish; binolarni monolit temirbetondan barpo etish; ishlab chiqarishning tabiiy-noqulay sharoitlarida bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi.
Darslik ikki qismdan iborat bo‘lib, ushbu ikkinchi qismida bino va inshootlarni yig‘ma konstruksiyalardan barpo etish (крлган кисми); binolarni monolit temirbetondan barpo etish; ishlab chiqarishning tabiiy-noqulay sharoitlarida bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi yoritilgan;
Dostları ilə paylaş: |