N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə10/39
tarix18.11.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#132899
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
iiiiillllaa

Hajmli-ko‘chiriladigan qolip “P” ko‘rinishidagi seksiyalardan tashkil topgan gorizontal chiqarib olinadigan yirik o‘lchovli blok bo‘lib, bir vaqtni o‘zida devor va qavatlar aro tom yopmalarni betonlashga mo‘ljallangan. Qolipni ko‘chirishda seksiyalar ichkariga suriladi va keyinchalik kran bilan ko‘tarib olish uchun oraliqqa dumalatilinadi. Bu qoliplar turar joy va fuqaro binolarini ko‘ndalang yuk ko‘taruvchi devorlari va qavatlararo tom yopmalarni betonlashda qo‘llaniladi. Ushbu turdagi bo‘ylama ko‘chiriladigan qolip bo‘ylama yuk ko‘taruvchi devorlari monolit va yopmalari monolit temirbetondan bo‘lgan binolarda ham qo‘llanilayapti.
Planda oddiy ko‘rinishga ega, qavatlari katta yuzali, fasad yuzasi tekis binolarda hajmli-ko‘chiriladigan qoliplarni - tunnelli, vertikal va gorizontal ko‘chiriladigan qoliplari tavsiya etiladi.
Tunnelli qolip - hajmdor-ko‘chiriladigan qolip, bir vaqtni o‘zida binoning ikkita ko‘ndalang bitta bo‘ylama devorini va ular ustiga qavatlar ora yopmalarni betonlashga mo‘ljallangan. Tunnel ikkita qarama-qarshi turgan yarim tunnellarni vertikal va gorizontal shchitlarini tez yechiladigan qulflar bilan bog‘lash hisobiga hosil qilinadi. Bu turdagi qoliplar, ichki devorlari monolit, monolit yopmali va fasad panellari osma bo‘lgan binolarni barpo etishda keng qo‘llaniladi.
Gorizontal ko‘chiriladigan (suriladigan) qolip - gorizontal uzun konstruksiyalar va inshootlarni hamda kesimi berk katta perimetrli konstruksiyalarni betonlash uchun muljallangan.
Sirpanuvchi (sirg‘anuvchi) qolip - baland bino va inshootlarni devorlarini betonlash uchun qo‘llaniladi. Bu qolip fazoviy shaklga ega bo‘lib, devor perimetri bo‘ylab o‘rnatiladi va betonlash maromiga qarab gidrodomkratlar yordamida ko‘tarib boriladi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin