N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə20/39
tarix18.11.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#132899
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
iiiiillllaa

18.3. Tunnel qolip
Tunnelli qolipdan tunnel va kollektorlarni pardozlashda, yopiq usulda barpo etiladigan turar-joy va jamoat binolari konstruksiyalarini betonlashda foydalaniladi.
Tunnel qolip gorizontal-ko‘chiriladigan qolipdan konstruktiv jihatidan kam farqlanadi. U o‘z ichiga karkasga mahkamlangan panel shchitlarini olgan, qaysikim u qayd qiluvchi va qolipni ajratuvchi qurilmalar hamda qolipni yo‘naltiruvchilar bo‘ylab gorizontal ko‘chishini ta’minlovchi mexanizmlar bilan ta’minlangan.
Tunnel qoliplarni qoliplarni bo‘ylama yo‘nalish sxemasida ko‘chirish maqsadga muvofiq bo‘lgan binolarni (kasalxonalar, dam olish uylari, mehmonxonalar) barpo etishda ham qo‘llash mumkin. Bu holatda qavatning barcha elementlarini, shuningdek, tashqi devorlarni ham barpo etish uzluksiz amalga oshiriladi. Qolipni siljitishda ichki devorlar uchun ko‘ndalang tuynuklar (teshiklar) qoldiriladi, inventar yirik shchitli qolip o‘rnatilgandan so‘ng, bu teshiklar orqali betonlash amalga oshiriladi.
Tunnel qolipning boshqa bo‘sh bloklari mavjud bo‘lganda, pog‘onali betonlashni qo‘llash mumkin. Bu holatda ishlar texnologiyasining xususiyati shundakim, bir necha qavatda bir vaqtning o‘zida binoning yacheykalari barpo etiladi, ya’ni ish fronti qo‘shni qavatga nisbatan bitta yacheykaga siljigan bo‘ladi. Ichki devorlar keyinroq, qolip navbatdagi yacheykaga ko‘chirilgandan so‘ng inventar mayda yoki yirik shchitli qoliplar yordamida barpo etiladi.
Binolarni gorizontal chiqarib olinadigan qolipdan foydalanib barpo etishda qo‘shimcha mehnat xarajatlari paydo bo‘ladi, sababi qolip bloklarini chiqarib olib yangi joyga o‘rnatishga qadar joylashtirish uchun maxsus maydonchalar yaratish lozim bo‘ladi.

  1. NOE” firmasining ko‘p maqsadli hajmiy qolipi

NOE” firmasining tunnel qolipi hajmiy qolip ko‘rinishida bo‘lib, undan binoning devori va orayopmasini bir vaqtda barpo etishda ham to‘plam (komplekt), ham alohida qismlar holatida foydalanish mumkin. (18.5-rasm). Qolip odatda metall qoplamali bo‘lib uzunligi 2,5 va 1,25 m hamda enining moduli 0,3 m bo‘lgan standart elementlardan iborat, shuning evaziga har-xil uzunlikli, enlili va balandlikli inshootlarni betonlash imkoniyati mavjud. Qolip elementlarining yuqori aniqlikda tayyorlanganligi sababli, qolipning barcha elementlarini o‘zaro jips birikishiga va betonlangan sirtning silliq va tekis bo‘lishiga erishiladi.
Mavjud mexanizmlar qolipni yangi joyga qisqa vaqtda sifatli o‘rnatish va qayta o‘rnatish imkonini beradi. Betonni qo‘shimcha isitish hisobiga mustahkamligini ta’minlash muddatini qisqartirish va qolipni barvaqt ajratishni ta’minlash mumkin.
Orayopma to‘shamalari va devorlar palubasi uchun keng spektrli yordamchi-qo‘shimcha elementlarning mavjudligi bois, bu qolipdan oraliq eni 1 m dan 7 m gacha hamda balandligi 7,5 m gacha (bunda 0,5m li qo‘shimcha qo‘yiladigan narsadan foydalaniladi) bo‘lgan hollarda qo‘llash imkoniyati mavjud. Orayopma qolipida tiqin qopqoqning borligi uni xonaning eni o‘zgarsada, qayta yasamasdan moslashga imkon beradi.







34 5 6 78 9

13 12 И Ю






  1. Yüklə 1,37 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin