N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi


Mikroorganizmlar va termitlar ta’siri



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə30/39
tarix18.11.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#132899
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39
iiiiillllaa

Mikroorganizmlar va termitlar ta’siri. Issiq iqlim xududlarida ko‘p xollarda qurilish materiallari va konstruksiyalari mikroorganizmlar, mayda o‘simlik (zamburug‘) termit (qirchumoli)lar va boshqa zararkunanda xashoratlarning jadal ta’siriga duchor bo‘ladi. Bakteriya va mayda o‘simliklarning yashash faoliyatining maxsuloti ayrim materiallarning ustki qatlamlarini yemiradi, mustaxkamligini pasaytiradi va xar xil infektsiyalarning ko‘payish muhitiga aylanadi. Nam muhitda mikroorganizmlar faollashadi va mayda o‘simliklar ko‘payadi. Termitlar asosan tsellyulozali materiallar (yog‘och, qog‘oz, somon va sh. o‘.) tashqi qismiga tegmay ichki qismini kemiradi va poydevor hamda devor taglarida ko‘p sonli kanallar va yo‘llar hosil qiladi. Bu holat poydevor va konstruksiyalarning mustaxkamligini jiddiy pasaytiradi. Termit va boshqa kemiruvchilar hatto elektr kabellarining qo‘rg‘oshin, alyumin va polimer qobiqlarini kemirib ishdan chiqaradi.
Tashkiliy omillar. Ish faoliyati to‘xtatilmagan, hamda bino va inshootlarni rekonstruksiyalashda o‘lchamlari cheklangan tor qurilish maydonlarida ish olib borilganda qurilish mashinalarini ishlatishda, qurilish materiallari va konstruksiyalarni joylashtirish, taxlashda va xavfsizlik texnikasi talablarini bajarishda hamda transport va qurilish maydonini tayyorlash jarayonlarida murakkabliklar va qiyinchiliklar tug‘iladi.
Xo‘jalik faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan xududlarda qurilish ishlarini bajarganda ish tizimini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Qurilish maydonidagi injenerlik tayyorgarlik va boshqa ishlarda qiyinchiliklar tug‘iladi va transport ishlariga sarflar ortadi.
Ekstremal sharoitlardagi ob’yektlarda qurilish ishlari tuzilgan tashkiliy, texnik va texnologik xujjatlarga jiddiy yondoshish asosida olib borilishi lozim. Ekstremal sharoitlardagi xududlarda va ob’yektlarda qurilish ishlab chiqarish texnologiyasinining tashkiliy, texnik va texnologik masalalarini hal etishda ularni to‘liq tavsiflovchi barcha omillar tabiiy iqlimiy, geofizik, tashkiliy chuqur taxlil etilishi kerak. Bu esa qurilish ishlari tizimini, odamlar va mashinalarning ishlash sharoitini belgilash, tashqi muhit omillarining noxush ta’sirini kamaytirish tadbirlarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi.


    1. Yüklə 1,37 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin