bajarish. Murakkab grunt sharoiti - bu qurilish maydonida strukturasi o‘zgaruvchan gruntlarning mavjudligi, ayrim sharoitlarda ularning tabiiy strukturasi jiddiy buziladi. Bunday gruntlarga cho‘kuvchan, ko‘pchuvchi, sho‘r, to‘kilgan, o‘ta siqiluvchi gruntlar, hamda yumshatilgan qumlar, cho‘kindi va o‘zgaruvchan gruntlar kiradi. Strukturasi o‘zgaruvchan gruntlardan asos sifatida foydalanilganda, dastavval ularning fizik-mexanik tavsiflarini yaxshilashga, chuqur joylashgan poydevorlarni qurishga, hamda yer osti va chuqurlashtirilgan bino va inshootlarni qurishda alohida usullarni talab etadi. Strukturasi o‘zgaruvchan gruntlarning xususiyatlarini dastavval yaxshilash, bu ularning deformatsiyasini kamaytirish yoki yo‘q qilish, zichligini, mustaxkamligini, suvga chidamligini kuchaytirish (oshirish)ni ko‘zda tutadi. Buning uchun gruntlar zichlanadi yoki mustaxkamlanadi, yangi gruntdan to‘shama barpo etiladi. bundan tashqari bino va inshootlarni qurish jarayonida cho‘kuvchan, ko‘pchuvchi, sho‘r gruntlarning namlanib qolishini oldini olish chora tadbirlari amalga oshiriladi. Bunday ishlarga qurilish maydonini tekislash, suv o‘tkazmaydigan gorizontal va vertikal ekranlarni hosil qilish, o‘z vaqtida kotlovan bo‘shliqlarini sifatli to‘ldirish va otmostka qurish, truboprovodlar yotqizilishi va suv iste’moli nazoratini kuchaytirish. CHuqurlashtirilgan yoki yer osti bino va inshootlarini strukturasi o‘zgaruvchan gruntlarda barpo etishda tavsiyaga muvofiq qurilish montaj ishlarini ancha yengillashtiruvchi “grunt ichidagi devor” yoki “tushiriladigan quduq” usullari qo‘llash zarur. Gruntlarning fizik-mexanik tavsiflarini yaxshilovchi, hamda bino va inshootlarni “gruntdagi ichidagi devor” va “tushiriladigan quduq” usulida barpo etish ishlari ishlab chiqilgan loyiha va texnologik kartalarga muvofiq grunt muzlamagan holatda amalga oshirilishi lozom.