N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə8/39
tarix18.11.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#132899
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
iiiiillllaa

Qolip sistemasi - bu tushunchaga qolip va uni mustaxkamligi va turg‘unligini ta’minlovchi elementlar, maxkamlovchi elementlar va ushlab turuvchi konstruksiyalar, havozalar kiradi.
Qolip va qoliplar sistemasi ayrim elementlarining turlari va vazifasi:

  • qolip - monolit konstruksiyalar uchun shakl-forma;

  • shchit - qolipning karkas va palubadan iborat bo‘lib, shakl hosil qiluvchi elementi;

  • paluba - shchitning shakl hosil qiluvchi ishchi yuzasini tashkil etuvchi elementi;

  • qolip panel - qolipning shakl-forma hosil etuvchi tekis elementi bo‘lib, bir nechta tutash shchitlardan iborat va uzaro bog‘lovchi tugunlar va elementlar yordamida bog‘langan bo‘lib aniq tekis yuzani qoliplashga muljallangan;

  • qolip bloki - butun holda tayyorlangan tekis va burchak panel va shchitlardan iborat, fazoviy, perimetri bo‘yicha berk element.

Qolip uchun material sifatida alyumin qotishmalari, namga chidamli fanera va yog‘och plitalar, po‘lat, stekloplastik va katta zichlikli to‘ldirgichga ega polipropilen xizmat qiladi. Qoliplarni ushlab turuvchi elementlari odatda po‘latdan, alyumin qotishmalaridan yasaladi, bu esa o‘z navbatida ularni qayta ishlatish imkonini beradi.
Qolipning kombinatsiyalashgan konstruksiyalari eng samaralidir. Ular materiallarning o‘ziga xos xarakteristikalaridan yuqori darajada to‘liq foydalanish imkonini beradi. Fanera va plastikdan yasalgan qolipning qayta ishlatilishi 50 marta va undan ortiqga teng, shu bilan birga material va betonni kam adgeziyasi hisobiga konstruksiya yuza sifati ancha oshadi. Po‘latli qolip yasashda, qalinligi

  1. .6 mm tunuka qo‘llaniladi, bu o‘z navbatida qolipni ancha og‘irlashtiradi. Yog‘och materiallardan yasalgan qolip yuzalari sintetik qoplamalar bilan himoyalanadi. Xozirgi paytda qalinligi 18...22 mm, namga chidamli faneradan yasalgan qoliplar eng keng tarqalgandir. Qoplama qatlam sifatida stekloplastik , qatlamli plastik, viniplast ishlatiladi.

Ayniqsa shishatola bilan armaturalangan plastmassa qoliplar ham qo‘llanilayapti. Ular statik yuklanishda yuqori mustahkamlikka ega va beton bilan ximik mosdir. Polimerdan yasalgan qoliplar boshqa qoliplardan yengilligi, shaklini o‘zgarmasligi va korroziyaga chidamliligi bilan ajralib turadi. Plastmassa qoliplarning kamchiligi - termoishlov berilgandagi harorat 60°S gacha bo‘lganda ularning yuk ko‘taruvchanlik qobiliyati keskin kamayadi.
Metall palubasiga listli polipropilen qoplangan kombinatsiyalashgan qoliplar paydo bo‘ldi. Tok o‘tkazuvchi to‘ldirgichli kompozitlarni qo‘llash betonga issiqlik ta’sirini boshqaradigan isituvchi qoplama olish imkonini beradi.

  1. Qoliplarning asosiy turlari

Qoliplar funksional vazifasi bo‘yicha betonlanayotgan konstruksiyalarni turiga qarab quyidagilarga tasniflanadi:

  • vertikal yuzalar uchun, shu jumladan devorlar;

  • gorizontal va yotiq yuzalar uchun, shu jumladan ora yopmalar;

  • devor va ora yopmalarni bir vaqtni o‘zida betonlash uchun;

  • xona va aloxida kvartiralarni betonlash uchun;

  • egri chiziqli yuzalarni betonlash uchun (bunda asosan pnevmatik qoliplardan foyda-laniladi).

Devorni betonlash uchun quyidagi ko‘rinishdagi qoliplar qo‘llaniladi: mayda shchitli, yirik shchitli, blok -forma, blokli va sirpanuvchi.
Ora yopmalarni betonlash uchun mayda shchitli o‘shlab turadigan elementlari bilan birgalikdagi qoliplardan va qolip yuzalari yagona qolip blokini tashkil etuvchi, kran bilan to‘liq ko‘chirib o‘rnatiladigan yirik shchitli qolipdan foydalaniladi.
Devor va ora yopmalarni yoki binoning bir qismini bir vaqtning o‘zida betonlash uchun, hajmdor-ko‘chiriladigan qolipdan foydalaniladi. SHu maqsadlar uchun gorizontal ko‘chiriladigan, jumladan vertikal, gorizontal va yotiq yuzalarni betonlash uchun sirpanuvchi qolip qo‘llaniladi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin