107 bloklarini shu zahotiyoq loyiha holatiga o‘rnatish mumkin. Bunday bloklar kran yordamida montaj va demontaj qilinadi. Ba’zan blok qoliplarga avvaldan armatura karkaslari joylashtirilib mahkamlanadi, shundan so‘ng butun blok loyiha holatiga o‘rnatiladi. Armaturali karkas va qolipdan tashkil topgan bunday konstruksiya armatura-qolipli blok deb ataladi.
13 19.5-rasm. Blok-formalar va blokli qoliplar:
a - poydevorning ajratilmaydigan blok-formalari; b - poydevorning ajratiladigan blok- formalari; v - tortuvchi (siquvchi) muftali yirik blokli qolip; g - xuddi shunday, egiluvchan shchitlar bilan; 1 - ustunosti bloki; 2 - domkratlar tiralgan kronshteyn; 3 - montaj ilgaki; 4 - poydevor pog‘onasining bloki; 5 - domkrat; 6 - ajratiladigan qurilma; 7 - qulf; 8 - poydevor tomonlarining blok-formasi; 9 - betonlanadigan konstruksiya; 10 - qolip karkasi elementi; 11 - qolip shchiti; 12 - tortuvchi (siquvchi) mufta; 13 - qolipning egiluvchan shchiti; 14 - markaziy aylanma ustun; 15 - shchitlarning tortuvchisi. SNIIOMTP ning universal blok-formalari ham qo‘llaniladi. Ular ustunosti bloklaridan va poydevor pog‘onasimon qismining balandligi 0,3 va 0,6 m, qadami 30 sm li uzunligi 1,2 dan 2,1 m gacha bo‘lgan hajmiy shchitlardan iborat. Qolip o‘rnatilishda shchitlarining holati maxsus fiksatorlar bilan ta’minlanadi. Tayyor blok formalar beton yuzasini va strukturasi buzmasdan, shchitlarni alohida ajratib