N mavzu va mashg‟ulot nomlari Soati Tahminiy vaqti O‟tkazish muddati



Yüklə 10,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/34
tarix27.08.2023
ölçüsü10,78 Mb.
#128769
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
GEOGRAFIYA TO\'GARAK 68 SOATLI TO\'LIQ

Geologik tuzilishi va relyefi.
 
Gondvana va Lavraziya materik-larining gorizontal 
yo‘nalishidagi parchalanishi natijasida Atlantika okeani paydo bo‘lgan. Okean bpotig‘ining hosil 
bo‘lishida mantiya moddalarining uyurma harakati va bazalt jinslarning O‘rta okean tizmalarida 
yuzaga chiqishi muhim o‘rin egallagan. 
Geologik tuzilishida turli xil yotqiziqlar qatnashadi. Jumladan, O‘rta okean tizmalarida 
bazaltli va vulkanik jinslar, materik sohillarida daryolar oqizib keltirgan qum, gil, loyqa jinslar 
tarqalgan. 
Dengiz sayozligi okeanning shimoliy qismida, Florida yarimoroli, Folk-lend orollari yonida 
katta maydonlarni egallaydi, Afrikaning g‘arbiy sohil-larida esa tor yo‘lakni hosil qiladi. Materik 
yonbag‘ri ancha tik. Okean tubi tekislik, plato, katta va keng botiq kotlovinalar, yakka tog‘, tog‘ 
tizmalari va okean cho‘kmasidan tashkil topgan. O‘rta okean tizmasining tepa qismi-ni ko‘ndalang 
va bo‘ylama chuqur daralar – riftlar kesib o‘tgan. Okeanning eng chuqur qismi Puerto-Riko 
cho‘kmasi bo‘lib, 8742 m pastda joylashgan. 
Iqlimi.
 
Atlantika okeani yuza suvlarining harorati Tinch va Hind okeanlari suvlariga 
nisbatan past (+16,5
o
C). Bunga Shimoliy Muz okeanidan va Antarktida tomonidan sovuq 
oqimlarning kirib kelishi sababchisidir. Termik ekvatorda suv yuza-sining o‘rtacha yillik harorati 
27-28
o
C. Okeanning janubiy va shimoliy qismlarida 0, -1
o
C gacha pasayadi. 
Okeanda barcha iqlim mintaqalari mavjud. Uning janubiy o‘rtacha kengliklarda yil 
davomida kuchli shamollar kuzatilsa, subtropiklarda haftalab shtil – shamolsiz kunlar bo‘ladi. 
Ayniqsa, 40
o
j.k. da bo‘ronli kunlar ko‘p bo‘lib, 
“qirqinchi bo’kirik” 
nomi bilan mashhur. 
 
Uyga vazifa:
Uyda o`qib, xaritadan o`rganib kelish.Test krassvordlar tuzish 



Yüklə 10,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin