1-Mashg'ulot
Mashg'ulot mavzusi:
Kirish. Geografiya nimani o`rganadi?
I.Mashg'ulot maqsadi:
a) ta‟limiy:
O'quvchilarga mavzu boyicha yanada ko'proq malumot berish .
b) tarbiyaviy
: O'quvchilarda tabiatga nisbatan muhabbat ruhini shakllantirish.
s) rivojlantiruvchi:
haqqonlik va topqirlik hususiyatlarini rivojlantirish,xaritalar bilan
ishlash konikmalarini shakllantirish.
II. O'tilgan mashg'ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III.Yangi mavzu bayoni:
Geografiya juda qadimgi fan. Qadimgi yunon olimi Erotosfen kitob yozib uni
geografiya deb atagan.Geografiya sozining manosi geo –yer grafo yozaman chizaman
de-
Uyga vazifa:
Mavzuni o`qib o`rganib o'tilganlar boyicha va mustaqil test va krassvordlar
tuzib kelish
2- mashg'ulot
Mavzu:
Qadim zamonlarda odamlar yerni qanday tassavur qilishgan?
I. Mashg'ulot maqsadi:
a) ta‟limiy:
O'quvchilarga mavzu boyicha ma'lumot berish _
b)
Tarbiyaviy
: O'quvchilarda tabiatga hurmat hususiyatlarini shakllantirish
s) rivojlantiruvchi:
Geografik xaritalar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish
II. O'tilgan mashg'ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III Yangi mavzu bayoni:
Qadimgi yunonlar sayyoramizning ularga ma‘lum bo'lgan qismini«oykumena» deb atashgan. Yunon tilida bu
so‗z odamlar yashaydigan,aholisi bor joy degan ma‘noni anglatadi. Bizning davrimizga kelib,
bizni o‗rab turgan dunyoning o‗zlashtirilgan va odamlar istiqomat qiladigan qismi oykumena deb ataladi.
Qadim zamonlardayoq odamlar yonma-yon joylashgan yerlar haqida ko'proq narsalarni bilishga, mahsulotlar
va buyumlarni ayirboshlashuchun savdo yo'llari ochishga intilishgan. Qadimgi misrliklar bundan 5
ming yil ilgari Afrika bo'ylab sayohat qilganlar. Miloddan avvalgi III ming yillik o'rtalarida ular 0 ‗rtaYer
dengiziga chiqib, u orqali boshqa mamlakatlardan mahsulotlarni olib kelishni boshlaganlar.
Miloddan avvalgi II ming yillikda 0 ‗rta Yer dengizining sharqiyqirg'oqlarida yashagan finikiyaliklar dengiz
kengliklarini o'zlashtirishga kirishganlar: ular Kiprda bir nechta koloniyaga asos solishgan, Kichik
Osiyoni janub tomondan aylanib o'tganlar, Bolqon, Apennin va Pireney yarim
orollariga suzib borganlar,
Sitsiliya, Sardiniya va boshqa orollarni kashf qilganlar. Ularning kemalari Misrga yog'och-taxta, vino, zay
tun moyi, qullar va boshqa yuklarni yetkazib berib turgan. Miloddan avvalgi VII asrda ular Afrikani aylanib
o'tganlar. Afrika qirg'oqlari bo'ylab suzgan finikiyaliklar qulay hamda keng ko'rfazni topishgan va u yerda
Karfagenga asos solishgan, keyinchalik bu yer antik O'rta Yer dengizi mamlakatlari o'rtasidagi eng yirik port-
shaharlardan biriga aylangan. Ehtimol, aynan finikiyaliklar ilk bor Ispaniya
va Afrika orasidagi ikkala
tomonidan ham Gibraltar va Seutning o'tkir cho'qqilardan iborat qoyalari bo'y chozgan tor bo'g'oz orqali
Atlantika okeaniga chiqishib muhim kashfiyotni amalga oshirgandirlar. Boshqa taxminlarga ko'ra
esa bu
yo'lni birinchi bo'lib Krit oroli aholisi ochgan. Mesopotamiyalik shumerlar miloddan avvalgi III ming yillikda
Arabiston atrofida dengiz ekspeditsiyalarini amalga oshirishgan. Shumerlarning qo'shnisi, elamitlar esa ularni
o'rab turgan tog'larni oshib o'tib, ulardan uzoqda joylashgan Kaspiy dengizi qirg'oqlariga chiqdilar. Odatda biz
oykumena to‗g‗risida Sharqiy 0 ‗rta Yer dengizidagi sivilizatsiya beshigidan boshlab ma‘lumotlarga egamiz,
shu sababli hattoki Yevropaning ochilishi ham birdaniga bo'lmagan deb hisoblanadi. Yevropa miloddan
oldingi XVI asrda kritliklar tomonidan ochilgan (Krit - qadimiy madaniyat o'choqlaridan biri).
Dostları ilə paylaş: